Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion


Vaqtni unumli taqsimlash, hayol parishonlikni boshqarish ko’nikmalarini  shakllantirish.  Darsning psixologik tahlili



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/54
tarix10.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#142383
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
psixologik xizmat

 
Vaqtni unumli taqsimlash, hayol parishonlikni boshqarish ko’nikmalarini 
shakllantirish. 
Darsning psixologik tahlili 
Darsning psixologik tahlili deganda, uning ta’lim samaradorligini 
ta’minlashi tushuniladi. O’qituvchi yoki psixolog darsni psixologik tahlil qilishdan 
avval dars o’tayotgan o’qituvchining roziligini olishi maqsadga muvofiq. 
Psixologik tahlil o’qituvchi va o’quvchining qobiliyati, qiziqishi, temperamenti, 
xarakter xususiyatlari, idrok, diqqati, esda qoldirish jarayoni, xayol-fantaziyasining 
rivojlanganligi, nutq xususiyatlari kabilarni o’rganish bilan xarakterlanadi. Tahlil 
etuvchi dars jarayonida o’qituvchining pedagogik mahorati, qobiliyatlari, o’zini 
tutishi, ta’lim-tarbiyaning psixologik asoslariga suyanishini, o’quvchilarning 
faolligi, xulqiy-psixologik holatlarini o’rganadi. Psixolog dars tahlilida 
o’qituvchining qanday ta’lim va tarbiya metodlaridan, shuningdek, psixologik 
metodlardan foydalana olish mahoratiga ham diqqatini qaratadi. Jumladan, suhbat, 
kuzatish, eksperiment (tajriba), test, anketa, so’rovnoma kabi metodlardan oqilona 
foydalanishiga e’tiborni qaratadi. 
Darsning 
psixologik 
tahlil 
etilishi 
pedagoglarga 
o’quvchilarning dars 
mashg’ulotini qanday idrok eta olishini aniqlab beradi.
 
 


42 
 
O’quvchi shaxsiga psixologik tavsifnoma 
1.
Umumiy ma’lumotlar: ismi sharifi, tug’ilgan yili, o’qiydigan guruhi, 
jismoniy rivojlanishi, sog’ligi. 
2.
Oiladagi o’zaro munosabatlar: turmush shart-sharoitlari, ota-onasining 
mavqei, ish joyi, o’zaro munosabatlar, tarbiya yo’nalishlari (erkalatish, kamsitish, 
zug’um o’tkazish, nizolar, tinch yashash, hamkorlik kabilar). 
3.
O’quvchining qiziqishlari: texnika, sport, musiqa, o’qish kabilarga (salbiy 
qiziqishlari bo’lsa ko’rsatiladi) 
4.
Oilada yuzaga keladigan kelishomvchiliklar bo’lsa sabablari. 
5.
Oilada dam olish qanday tashkil etilgan? 
6.
O’quvchining do’stlari, o’rtoqlari bormi, ular uning uyida bo’lib 
turadilarmi? 
7.
Oilada o’zaro yordam uyushtiriladimi? 
8.
O’quvchi ota-onasining ishini, ularning tanishlarini biladimi? 
9.
Uyda o’quvchining o’z xonasi, burchagi bormi? 
10.
Guruhidagi ahvoli (uni yaxshi ko’radilarmi, obro’si bormi) 
11.
Guruhidagilarga munosabati (ularni yaxshi ko’rishi, befarqligi, do’stlari, 
kim bilan janjallashgan, sababi) 
12.
O’qishda bo’lish unga yoqadimi? (nimani qadrlaydi) 
13.
O’zlashtirishi, bilim darajasi. 
14.
Og’zaki va yozma nutqining rivojlanishi, muomala madaniyati. 
15.
Diqqatining xususiyatlari. 
16.
Esda olib qolish tezligi. 
17.
Mustaqil fikrlash doirasi kengligi yoki torligi. 
18.
Fantaziyasi, xayoli qanday? 
19.
O’z-o’zini nazorat qila olishi (hatti-harakatini kuzatiladi) 
20.
Mehnatga 
munosabati 
(qishloq 
xo’jalik 
ishlaridagi, 
shanbalik, 
obodonlashtirish ishlaridagi ishtiroki) 
21.
Intizomi, tartibliligi, ozodaligi. 
22.
Orzulari, e’tiqodlari. 
23.
Qobiliyatlari (sport, musiqa, rasmga, texnika kabilarga) 
24.
Temperament xususiyatlari. 
25.
Xarakter xislatlari. 
26.
Irodaviy xususiyatlari. 
27.
Aqliy rivojlanish darajasi (o’rtacha, past, yuqori) 
28.
Umumiy xulosa va tavsiyalar. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin