Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion


Psixologik xizmatning qisqacha yuzaga kelish tarixi



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/54
tarix10.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#142383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
psixologik xizmat

Psixologik xizmatning qisqacha yuzaga kelish tarixi
Psixologik xizmat AQShda 1800 yillardan boshlab rivojlana boshladi. 
AQShning birinchi amaliyotchi psixologlari o`z-o`zini tarbiyalash muammosini 
o`rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika maktablarida aqliy taraqqiyot 
koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik "Gaydens" xizmatining 
rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo`lib, u bu sohada 
1894 yildan ish boshlagan. 1905 yilda Fransiya ta'lim vazirligi Binega umumiy 
dastur bo`yicha o`qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat 
qiladi va shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-
Simon testi yaratildi. 1909 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil 
etiladi. 1970 yilda Fransiyada psixologik-pedagogik yordam guruhlari psixologik 
xizmatning asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi 
bo`yicha bir mutaxassis, ta'lim psixologiyasi bo`yicha bir mutaxassis, psixomotor 
rivojlanish bo`yicha bir mutaxassisni o`z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 
o`quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabga xizmat 
qilishi mumkin. 
Ko`pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati 
tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. 
Masalan, 1980 yilda Chexoslavakiyada tarbiya masalalari bo`yicha modda maktab 
to`g`risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog`lom 
shaxsning o`sishini ta'minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni 
korreksiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.Chexoslavakiyadagi psixolog 
maslahatchining asosiy funktsiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.
Sobiq Sovet Ittifoqida birinchi bo`lib Estoniyada 1975 yilda maktabda 
psixologik xizmat tashkil etildi (rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Sierd bo`lib, tarbiyasi 
qiyin o`smirlar uchun maxsus maktablarda ish olib bordilar). Rossiyada 1982 yilda 
maktablarda psixolog shtati ochildi. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik 
xizmatning rivojlanishiga ulkan ulush qo`shgan, u ushbu mavzuda doktorlik 
dissertasiyasini yoqlagan va bir qancha asarlar muallifidir.1984 yilda Moskvada 
sobiq sovet ittifoqida psixologiya institutida "SSSRda psixologik xizmat 
muammolari bo`yicha umumittifoq anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanda maktabda 
psixologik xizmat sektsiyasi ham ish olib bordi. 
Psixologik xizmatning respublikamizdagi holati. Psixologik xizmat-ijtimoiy 
psixologik 
muammo 
sifatida 
talqin 
qilinar 
ekan, 
barcha 
rivojlangan 
mamlakatlardagi 
kabi, 
O`zbekistonda 
ham 
mazkur 
psixologik 
xizmat 
muammosining qay tariqa va qanday ilmiy-tashkiliy asoslarda bartaraf 
etilayotganligini o`rganish, tahlil qilish va talqin qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Chunki, Respublikada psixologik xizmatga oid olib borilayotgan nazariy-ilmiy va 
amaliy-uslubiy tadqiqotlar ko`lamiga ma'lum tartibda baho bermay turib, 



O`zbekistonda psixologik xizmatni yanada takomillashtirish va rivojlantirish 
masalasi haqida fikr mulohaza yuritib bo`lmaydi. O`zbekistonda psixologik xizmat 
tarkib topishining dastlabki ildizlari va intihosi asrimizning 30-yillaridagi 
pedologiya fani va pedologik xizmat faoliyatlariga borib taqaladi. 
Mazkur yillarda ta'lim jarayonini tashkil etish va rivojlantirish o`quvchi va 
o`qituvchi faoliyati bilan bog`liq psixologik omillarga asoslangan va bu talaygina 
yaxshi natijalar ham bergan. Biroq, afsuski, o`sha davrda sobiq ittifoq mafkurasi va 
xalq ta'limi o`rtasida paydo bo`lgan ayrim ob'ektiv va sub'ektiv ziddiyatlar oqimi 
umumta'lim maktablari uchun muhim ahamiyat kasb etgan pedologik xizmat 
ildiziga bolta urdi va uni rasmiy tarzda yo`qqa chiqardi. Natijada, pedagogik 
psixologiya yo`li bilan bajariladigan barcha ishlar maktabda faqat pedagogik 
yondashuvlar asosidagina amalga oshirildi. Shunday bo`lsa-da, O`zbekistondagi 
umumta'lim tizimi bilan bog`liq izlanishlar va tadqiqotlar to`xtab qolgani yo`q. 
Ayniqsa, P. I. Ivanov, V. E. Chudnovskiy, M.G. Davletshin, M. Vohidovlar 
tomonidan ishlab chiqilgan qator ilmiy va metodik tavsiyalar maktabda psixologik 
xizmat tatbiqini yaratish uchun ma'lum darajada asos bo`lib keldi. Binobarin, 70-
80-yillarda Toshkent Davlat Universiteti psixologiya kafedrasi olimlari tomonidan 
ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning hayotga tatbiqini amalga oshirish maqsadida 
talaygina mehnat jamoalarida psixologik xizmat tizimi joriy qilindi va 
Respublikamizda ilk bor qator mehnat va ishlab chiqarish jamoalarida inson va 
mehnat faoliyati, shaxs va shaxslararo munosabatlar, ishchi va rahbar, ruhiyat va 
rentabellik, rahbar va jamoa psixologiyasi bilan bog`liq ilmiy-amaliy ishlar olib 
borildi. Shuningdek, 60-70 yillarda O`zbekiston Pedagogik Fanlar Ilmiy Tekshirish 
instituti xodimlari P.P.Zimin, V.A.Tokareva, M.Sh.Rasuleva, M.Dadajonovlar 
tomonidan maktabda psixologik xizmat tatbiqini o`rganishga oid qator izlanishlar, 
amaliy tadbirlar olib borildi. Ayniqsa, 1966 yilda Chirchiq shahrida axloqiy 
tarbiyaga oid,1973 yilda Andijonda oilaviy tarbiyaga oid, Samarqandda taniqli 
psixolog N.A.Menchinskaya ishtirokida aqliy taraqqiyot muammolariga oid olib 
borilgan izlanishlarni alohida qayd etish mumkin. 
1989 yilda O`zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sababli 
Nizomiy nomli TDPIda amaliyotchi psixologlar tayyorlash fakulteti ochildi.
O`zbekistonda 
psixologik 
xizmatning 
rivojlanishida 
M.G.Davletshin, 
E.G`.G`oziev, 
B.R.Qodirov, 
G`.B.Shoumarov, 
V.M.Karimova, 
Sh.R.Baratov,E.N.Sattarov, 
F.S.Ismagilova, 
Z.T.Nishanova, 
N.S.Safaev, 
F.I.Haydarov, S.X.Jalilova va boshqalar hissa qo`shganlar. 1998 yilda 
Sh.R.Baratov "Ta'lim tizimida va ishlab chiqarishda psixologik xizmatni tashkil 
etishning psixologik xususiyatlari" mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqlagan.
Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga 
psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo`nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida 
ko`pgina olimlar o`z fikr-mulohazalarini bildirganlar hamda bildirib kelmoqdalar. 
Ayniqsa, I.V.Dubrovina va X.Y.Liymets, Yu.L.Sierdlarning ko`p yillik 
tadqiqotlari natijasi o`laroq, umumta'lim maktablarida psixologik xizmatning joriy 
etilishi bu boradagi MDH mamlakatlarida qo`yilgan ilk qadam ekanligini alohida 



qayd etish mumkin. Qolaversa, o`zbek olimlaridan E.G`.G`oziev, M.G.Davletshin,
G`.B.Shoumarov, 
B.R.Qodirov, 
R.Z.Gaynutdinov, 
V.M.Karimova, 
N.A.Sog`inovlarning ham O`zbekiston o`rta umumta'lim maktablari va oila 
tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator 
nazariyilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy 
etish va rivojlantirish uchun ma'lum darajada asos bo`lmoqda. Xalq ta'limi 
tizimidagi va o`rta maxsus kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi – 
shaxsning har tomonlama garmonik kamoloti, to`laqonli psixologik taraqqiyotni 
ta'minlovchi qulay Psixologik xizmatda tadqiqot va ta'sir o`tkazish ob'ekti 
maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurti va oliy maktab, 
kollej talabalari, o`qituvchilar, ota-onalar bo`lib hisoblanadi, ularni alohida yoki 
guruhiy shaklda tadqiq qilish mumkin.
Psixologik xizmatning mazmuni 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin