Maktab amaliyotchi psixologlari uchun psixologik xizmatdan innovatsion



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/54
tarix10.09.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#142383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
psixologik xizmat

 



Psixologik xizmatning maqsadi 
Umumta’lim muassasalarida tashkil etilgan psixologik xizmatning maqsadi 
– o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini, yangi ijtimoiy-kasbiy muhitga 
moslashuvini o’rganish, psixologik-pedagogik, kasbiy-tashxis qilish hamda shaxs 
sifatida har tomonlama kamol topishi, ma’naviy-aqliy rivojlanishi, o’zligini 
anglash va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun tegishli ijtimoiy-psixologik shart-
sharoitlar yaratishdan iborat. Bunday mas’uliyatli vazifani bajarish uchun o’quvchi 
shaxsini har tomonlama chuqur o’rganish zarur. Buning uchun amaliyotchi 
psixologlar va o’qituvchilar psixologik qonuniyatlarni bilishi hamda ta’lim 
jarayonini tashkil etishda to’g’ri foydalana olishi lozim.
Amaliyotchi psixologning vazifalari 
Amaliyotchi psixologning vazifalari quyidagilardan iborat: 
- psixologik ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, psixolog-pedagog xodimlarning 
kasb mahoratlarini keng yoyish va ommalashtirish, iqtidorli
izlanuvchan
pedagog-psixolog o’qituvchilarga ijodiy imkoniyatlar yaratishdan iborat. 
O’quvchi shaxsini o’rganishda quyidagi jihatlarga e’tiborni qaratish zarur: 
-
o’quvchi shaxsini o’rganishning taxminiy rejasi; 
-
o’quvchi haqida umumiy ma’lumotlar; 
-
oiladagi o’zaro munosabatlari; 
-
jamoa bilan o’zaro munosabatlari va kollejga munosabati; 
-
o’qishga, mehnatga bo’lgan munosabatlari; 
-
o’quvchining yo’nalishi va maxsus qobiliyatlari; 
-
intizomliligi va fe’l-atvori, mijozi, irodasining xususiyatlari; 
-
o’quvchi diqqati va nutqining xususiyatlari; 
-
o’quvchining bilish jarayonlari (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol); 
-
o’quvchining ijtimoiy-ma’naviy sifatlari: tarbiyalanganlik darajasi 
psixodiagnostikasini o’rganish; 
-
o’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash; 
-
umumiy psixologik-pedagogik xulosalar. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin