12
soat ishlashar edi. O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng barcha sohalarda
bo`lgani kabi psixologik xizmat sohasida ham bir qancha muvaffaqiyatlarga
erishildi. Ulardan biri 1994 yilda tuzilgan "O`zbekiston Respublikasi xalq ta'limida
psixologik xizmat, xalq ta'limi tizimida ishlaydigan psixologlarning malakasini
oshirish va ularning attestatsiyasi haqida Nizom"ning Xalq ta'limi vaziri
J.G`.Yo`ldoshev tomonidan tasdiqlanishi (1996 yil 5 aprel) bo`ldi. 2001
yilda bu
Nizomga o`zgartirish kiritildi. Nizomga yettinchi bo`lim, kasb hunarga yo`naltirish
bo`limi ham qo`shildi. Maktablarga maxsus kasb-hunarga yo`naltirish darslari
kiritildi. Ushbu darslarni psixologlar o`ta boshlashdi. 2002 yilda Nizomga qayta
o`zgartirish kiritildi. Bu o`zgarishning salbiy va ijobiy tomoni bo`ldi. Ijobiy tomoni
shundaki, psixolog xonasini jihozlash maktab, litsey, kollej ma'muriyati zimmasiga
yuklatildi. Salbiy tomoni esa, o`quvchilar kontingentining ortishida namoyon
bo`ldi. Maktabda o`quvchilar soni 1000 nafar va undan ortiq bo`lsa, bir
shtat birligi
psixolog ajratiladigan bo`ldi. Kollejlarda 750 va undan ortiq o`quvchilarga 1 shtat
birligi psixolog ajratilishi belgilandi.2010 yilda Nizomga qayta o`zgartirish
kiritildi.
Psixologik xizmat haqida Nizom (1996 y) 6 bo`limdan iborat. Ular:
Umumiy qoidalar quyidagi bandlarni o`z ichiga olgan.
1. Psixologik xizmat xalq ta'limi va oliy o`rta maxsus ta'lim tizimining
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
2. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda har
qaysi shaxsning “pedagog, o`quvchi, talaba, ota-ona” manfaati va uning har
tomonlama garmonik rivojlanishidan kelib chiqqan holda yondashadi.
3. Psixologik xizmat mutaxassislari o`z faoliyatlarini tibbiyot xodimlari,
defektologik xizmat,
muhofaza qilish tashkilotlari, muayyan komissiyalar,
balog`atga yetmagan o`smirlar inspeksiyasi, ota-onalar qo`mitasi, ishlab chiqarish
jamoasi, jamoatchilik bilan uzviy aloqada amalga oshiradilar.
Amaliyotchi psixologlar o`qituvchiga berilgan barcha imtiyozlardan
foydalanish huquqiga ega. Ularning mehnat ta'tili muddati barcha o`qituvchilar
bilan barobardir. 1996 yildagi Nizomga ko`ra o`quvchilar soni 500gacha bo`lgan
maktablarda 1 ta psixolog lavozimi belgilanadi. O`quvchilari 500 kishidan ortiq
kontingentdagi maktablarda har 500 o`quvchi uchun ikkinchi psixolog lavozimi
belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi har
bir bolalar muassasasida
1shtat birligida bolalar psixologi lavozimi belgilanadi. Kollej va litseylarda har 250
o`quvchi uchun shtatli psixolog lavozimi tayinlanadi. O`quvchilar soni 250
kishidan yuqori kontingentli hollarda har 250ta o`quvchi uchun qo`shimcha
psixolog shtati belgilanadi.
Psixoprofilaktika ishlari.
1. Ushbu yo`nalishning asosiy vazifalari har bir yosh bosqichida komil shaxs
sifatida yetilishi, aqlan barkamolligini ta'minlashning shart- sharoitini yaratish.
2. Shaxs kommunikativ va intellektual taraqqiyoti bo`sag`asida vujudga
kelishi mumkin bo`lgan buzilish va nuqsonlarni o`z vaqtida oldini olish.
Psixologik maorif yoki ma'rifat o`quvchilar yoki xalq ta'limi xodimlari,
13
aholining psixologik madaniy saviyasini ko`tarishga qaratilgan. Psixologik ma'rifat
quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1. Psixologik muammolar bo`yicha pedagogik kengashlarda, ilmiy
kengashlarda ma'ruzalar bilan chiqish.
2. Xalq ta'limi xodimlari o`rtasida psixologiya
fanining oxirgi yutuqlarini
targ`ib qilish.
3. Ota-onalar, tarbiyachilar va psixologlar ishtirokida psixologik seminarlar
o`tkazish (bog`chada, maktabda).
4. Psixoturkum, ma'ruzalar va seminarlar tashkil qilish (oliy o`quv
yurtlarida).
5. Metodik qo`llanmalar ishlab chiqish.
6. Ota - onalar bilan ma'rifiy suhbatlar o`tkazish.
7. Tajriba ishtirokchilarining kasbiy faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan
holda ularga psixologik ko`rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqish.
Psixodiagnostik ish.
Mazkur ishlar o`quvchilarni maktab, kollej va litseylarda o`qitish davomida
psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o`rgatishga yo`naltirilgan bo`lib,
ularning individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini
yoritishga yo`naltirilgandir. Psixodiagnostika ishlari
guruhda yoki yakka holda
o`tkaziladi. Bu asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Yosh davri taraqqiyoti mezonlariga muvofiqligini maktab o`quvchilari va
bilim yurti tinglovchilarini, oliy o`quv yurti talabalarini psixologik tekshiruvdan
o`tkaziladi. Ularning kamolot darajasini belgilaydi. O`quvchilarning kasbiy
yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning shaxs hissiyotlari,
irodaviy sifatlari,
histuyg` ulari,o`z-o`zini boshqarish imkonini, intellektual darajasini tekshiradi.
2. Maktab yoshidagi bolalar, o`quvchilar kasb-hunar bilim yurti
tinglovchilari, yangi tipdagi maktab, bolalarda uchraydigan o`qitish malakalari
ko`nikmalarini
egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intellektual
taraqqiyot shaxs fazilatlaridagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi.
3. Bolalarning voyaga yetganlar va tengqurlari bilan munosabatini o`rganish
uchun ularni tekshiradi.
4. Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok qilish.
Ilmiy
psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib nafaqa berish.
Dostları ilə paylaş: