Psixologlar oldida turgan muammolar
Bugungi kunda psixologlar oldida turgan muammolardan biri – bu yoshlarga
Internetning salbiy ta’siridir. Albatta bugungi axborot asrida yashayotgan bolalar
hamma narsaga qiziqish bilan qaraydilar, hamma yangi narsani qilib ko’rishga harakat
qiladilar. Bolalarda taqlid qilish ishtiyoqi kuchli bo’lgani uchun ular Internetda o’tirib,
kompьyuterda jangari va qo’rqinchi kinofilьmlar ko’rishga qiziqadilar. Internetning
yoshlar dunyoqarashiga va ruhiyotiga ta’siri juda katta. Internet vaqtni tejaydi,
ya’ni yoshlar adabiyot qidirib sarson bo’lmaydilar, Internet dunyoqarashni
kengaytirishi mumkin. Ammo Internetning salbiy ta’siri ko’proq. Masalan,
8
Internetdan ayrim yoshlar faqat bo’sh vaqtlarini o’tkazish uchungina
foydalanadilar. Masalan, voyaga yetmagan o’smirlar Internet orqali yoshiga mos
kelmaydigan qo’rqinchli kinolarni ko’rishlari orqali ularda salbiy xarakter
xislatlari shakllanadi, jumladan, bemehrlik, shafqatsizlik, o’ch olish, keskirlik,
uyatsizlik, betgachoparlik kabilar. Bolalarning Internetda ko’p o’tirishlari ular
diqqatining parishonligi, nutqining buzilishi, ya’ni turli xil bema’ni so’zlarni
ishlatishlari, fantaziyalarining buzilishi, irodasining kuchsiz bo’lib shakllanishiga
olib keladi. Bugungi kunda o’quvchilarning dars mashg’ulotlariga qiziqishlarining
pasayib ketishiga, maktabga bormasdan vaqtlarini Internet oldida o’tkazishlari
sabab bo’lmoqda. Kattalar Internetdan to’g’ri foydalanishni farzandlariga
o’rgatishlari kerak.
Ayrim o’quvchilarda o’z joniga qasd qilish, ya’ni suitsidal hatti-harakatlar
ham kuzatiladi. Buning oldini olish ham oldimizda turgan muammolardan biridir.
Suitsid - suiqasd degan ma’noni bildiradi. 67 % 25 yoshgacha bo’lgan kishilarda
uchraydi. Suitsidda yigitlar o’limni tanlasa, qizlar taqlidiy, joniga qasd qilishga
harakat qiladi.
Suitsid sabablari: 1) boladan mehrni ayash; 2) boshqa farzandlardan ajratish;
3) alkogol ota-onalar; 4) ruhiy taraqqiyotdan orqada qolish.
Suitsid turlari: 1. Haqiqiy suitsid. 2. Taqlidiy suitsid. Autoagressiv suitsid. 120 ta
suitsid qilgan yoshlarning atigi 2 tasining ota-onasi yordam so’rab murojaat qilgan
xolos. Demak, suiqasd ota-onalarning farzand tarbiyasiga befarqligidan kelib
chiqadi. Suitsid ko’proq xolerik va melanxoliklarda uchraydi. CHunki suitsid asab
tizimiga bog’liq.
Biz psixologlarga suitsidning oldini olishga qaratilgan quyidagi tavsiyalarni
beramiz:
Har bir ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan psixolog o’quvchilarning
psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishi, jamoadagi ruhiy-ma’naviy muhitdan
boxabar bo’lishi va uni yaxshilashi zarur;
Psixolog tarbiyasi og’ir va turli voqealar sabab tushkunlik holatiga tushib
qolgan o’quvchilarni aniqlashi, ularning oilasini to’liq yoki noto’liq turga
mansubligini o’rganishi lozim;
Ota-onalar va kollej yoki maktab o’rtasida hamkorlikni takomillashtirish,
pedagoglarda ota-onalar bilan ishlash rejasini o’quvchi psixologiyasiga, uning
o’tish davridagi ruhiy holatiga qaratishi;
Oilada ota-onalarning farzandlarining barchasiga bir xil munosabatni
shakllantirish, bolani kamsitmaslik yoki uni haddan ziyod erkalamaslik, oilada
kun tartibini to’g’ri yo’lga qo’yishni ota-onalarga tushuntirish;
O’quvchini yolg’izlatib qo’ymaslik, o’quvchidagi har bir o’zgarishni kattalar
ilg’ashi va oldini olish chorasini topish, bolani do’st tanlashiga ko’maklashishni
pedagoglar va ota-onalarga tushuntirish;
Suitsid sodir etgan o’smir bilan suhbatni u xohlagan paytda olib borish,
boshqalardan olgan ma’lumotni unga bildirmaslik;
9
O’quvchilar bilan dildan suhbatlashish, uning muammolarini qanday hal
etish yo’llarini topish;
3. Yana bir muammo - bu tarbiyasi og’ir bolalar. Ijtimoiy psixologiyada tarbiyasi
qiyin bolalar jinoiy (huquqiy) va oddiy (ahloqiy) qonunbuzarlar guruhiga bo’lib
o’rganiladi. Tadqiqotchilar tomonidan bunday bolalar quyidagi guruhlarga
bo’lingan:
1.
Balog’atga yetmagan andishasiz, qaysar o’smirlar. Bunday o’smirlar shaxsiy
qarashi, o’zgalarga baho berishi ahloq normasiga zid bo’lgani sababli qonunni
buzadilar, o’z qarashlarini maktab, oila va jamoatchilik fikriga qarshi qo’yishga
harakat qiladilar. O’rtoqlarini qo’rqitish, ruhan azoblash, kattalarning izzat-nafsiga
tegish orqali rohatlanadilar. Ularda “o’zini ko’rsatish” ishtiyoqi kuchli bo’ladi.
Bunday ishtiyoqdan pedagoglar unumli foydalanishlari mumkin. Masalan, ularni
sport to’garaklariga jalb qilish, tadbirlarda tartibni nazorat qilish vazifasini
yuklash, ijtimoiy mehnat uchastkalarida mas’uliyatli ishlarni topshirish, darsdan
tashqari vaqtlarda rahbarlik ishlarini berish orqali tarbiyasi qiyin o’smirlarni
sog’lomlashtirish mumkin.
2.
Beqaror yoki subutsiz, ya’ni o’z mustaqil fikriga ega bo’lmagan bolalar va
o’smirlar. Bunday bolalar barqaror axloqiy e’tiqod, ma’naviy his va shaxsiy
qarashlari shakllanib ulgurmaganligi tufayli ikkilanib turadilar. Ularning kishilarni
baholash faoliyati favqulodda vaziyatlarga bog’liq bo’ladi. Iroda kuchining
zaifligi, ma’naviy dunyosidagi beqarorlik, voqea - hodisalarga nisbatan befarqlik
va tashqi ta’sirlarga tez berilishlik tufayli xulq-atvorida o’zgarishlar kelib chiqadi.
Bunday bolalarning ko’ngli bo’shligi, xarakteri o’zgaruvchanligi natijasida ba’zan
huquqbuzarliklar kelib chiqishi mumkin. Bundaylar bilan ishlashda ularni mustaqil
fikrlashga, o’z-o’zini tanqid qilishga o’rgatish foyda beradi.
3.
Xususiy kechinmalarga boy bolalar va o’smirlar. Bundaylarda xudbin
shaxsiy ehtiyoj va istakning kuchliligi yorqin namoyon bo’ladi. Ular ma’naviy
qashshoqlikni his qiladilar va iztirob chekadilar. Boshqalarga yaxshilik qilishni
istaydilar, lekin xudbinliklari sababli yaxshilik qilolmaydilar. Bundaylarni
rahbarlik ishlariga jalb qilish, ijodiy fikrini o’stirish, o’z-o’zini nazorat qilish kabi
shaxsiy sifatlarni shakllantirishga e’tibor berish lozim.
4.
Affektiv kechinmali, ehtiroslarga boy, qo’zg’aluvchan, ruhiy beqaror bolalar
va o’smirlar. Bundaylar jamoada o’z o’rnini topa olmaydilar, doimiy ravishda
ruhiy iztirobda bo’ladilar, ko’pchilikning nazarida bo’lishni yoqtirmaydigan,
noaniq sabablarga ko’ra azoblanuvchan bo’ladilar. Bundaylarga oqilona
maslahatlar berish, affektiv harakatlarning oldini olish, irodaviy sifatlarni
shakllantirishga doir tadbirlarni ko’proq olib borish maqsadga muvofiqdir.
“Tarbiyasi og’ir bolalar” bilan ishlashda avvalo ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish, “ko’ngilochar o’yinlar”da ishtirok etishlariga, be’mani “hordiq
chiqarish” va ko’cha-ko’yda maqsadsiz yurishlariga yo’l qo’ymaslik lozim.
“Tarbiyasi qiyin o’smirlar” bilan ishlashda pedagoglar quyidagilarga e’tibor
berishlari maqsadga muvofiqdir:
1.
“Tarbiyasi qiyin o’smirlar”ning psixologik xususiyatlarini, jumladan,
10
qiziqishlari, temperament (mijoz)i, xarakteri, irodaviy xislatlarini aniqlab beruvchi
psixologik testlardan o’tkazish va ota-onalarga tavsiyalar berish.
2.
“Tarbiyasi qiyin o’smirlar”ning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlariga
amaliy yordam berish masalasini rahbariyat oldiga qo’yish.
3.
“Tarbiyasi qiyin o’smirlar”ning ota-onalari bilan hamkorlik ishlarini yo’lga
qo’yish.
4.
“Tarbiyasi qiyin o’smirlar”ni doimiy nazoratga olish.
5.
“Tarbiyasi qiyin o’smirlar”ni mas’uliyatli ishlarga ko’proq jalb qilish.
Dostları ilə paylaş: |