14
ko’maklashish, oilada, jamoada uning a’zolari o’rtasida sodir bo’ladigan
turli
nizolar sababli shaxsdagi ruhiy kechinmalarni yengillashtirish, stress holatlarini
bartaraf etish, maktab pedagogik jamoasi hamda o’quvchilar
va ota-onalarni
psixologik bilimlarni egallashlariga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini
oshirishga qaratilgan turli mashg’ulotlar, o’quv-seminarlari, ma’ruzalar, treninglar,
individual suhbatlarni yetarli jihozlar bilan ta’minlangan
qulay sharoitda amalga
oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari
O’quvchilar, o’qituvchilar va ota-onalarga psixologik maslaxat berish,
psixologik tashxis, psixologik korrektsiyaga oid tadbirlarni o’tkazish, tarbiya va
ahloq masalalarida o’quvchilar va murabbiylar
hamkorlikda kechalar, davra
suhbatlari, ko’rik-tanlovlar, korrektsion rivojlantiruvchi mashg’ulotlar, psixologik
treninglar, va o’quvchilar orasida tushintirish
ishlarini tashkil etish, shaxs va
jamoaga faol ruhiy ta’sir o’tkazishga oid ruhiy muvozanatlashtirish treninglarni
olib borish, o’quvchilarning
layoqati, qiziqish va qobiliyatlarini tashxis qilish va
ularning qobiliyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashlariga ko’maklashish
uchun qulay shart-sharoit yaratish.