11
lozim.
6. Boshqa kasb vakillariga munosabat xulqi. Boshqa kasb vakillariga, ya’ni
fan o’qituvchilariga bo’lgan munosabatida toqat bilan yordam berishga tayyorlik,
xolislik namoyon qilishi kerak. O’qituvchilarni ishga qabul qilishda o’z
munosabatini bildirishi, pedagogik qobiliyatini, tashkilotchilik faoliyatini
aniqlovchi psixologik testlardan o’tkazish haqida rahbariyatga takliflar berish.
Ta’lim sifatini yaxshilash, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi
munosabatlarni, jamoadagi muhitni yaxshilash, o’quvchilarni kasbga bo’lgan
qiziqishlarini aniqlash va rivojlantirish, iqtidorli o’quvchilarni aniqlash maqsadida
o’tkaziladigan psixologik testlar va metodikalarni qo’llashni oldindan xabar berishi
lozim. Bunda tekshiriluvchilarning xotirjamligi, bardamligini ta’minlash uchun
hamma xavfsizlik choralarini ko’rish lozim. Tushuntirish ishlari eksperiment
tugagandan keyin amalga oshirilishi mumkin.
Psixologlar ish faoliyatlarida quyidagilarga e’tiborni qaratishlari maqsadga
muvofiq:
1.
Psixolog hal qiladigan masalalarga faqat psixologik usullar bilan yechilishi
mumkin bo’lgan mehnat sharoiti, ijtimoiy munosabatlar va o’quvchilar, pedagog
xodimlarning kasbiy faoliyati bilan bog’liq muammolar kiradi.
2.
Psixologning maqsadi umumiy o’rta ta’lim muassasasida o’quvchilar,
o’qituvchilar uchun qulay psixologik muhitni yaratishdan iborat. Ya’ni
o’quvchilar, o’qituvchilar bilan ma’muriyat o’rtasidagi ziddiyatli holatlarda
umumiy manfaatlar bilan shaxsiy manfaat o’rtasidagi muvozanatni saqlashi lozim.
Psixologning vazifasi ta’lim muassasasidagi o’qish, mehnat, ijodiy samarali
bo’lishi uchun imkoni bo’lgan hamma narsani qilishdan iborat.
3.
Psixologning asosiy majburiyati jamoaga amaliy yordam ko’rsatishdir. SHu
maqsad yo’lida u paydo bo’ladigan muammolarni eng yaxshi ko’rinishda hal
qilishga imkon beradigan ma’muriyat va boshqa fan o’qituvchilari bilan hamkorlik
qilishi lozim.
4.
Psixologlar o’quvchilar va o’qituvchilarda test o’tkazishdan avval ularga
natijalar ta’lim muassasasi rahbariyatiga xabar qilinishini aytishlari shart. Yangi
xodimlarni ishga qabul qilishda, o’quvchilarni o’qishga qabul qilishda kasbga
layoqatliligini, qiziqishlarini tekshirishda maqsadini aytib roziliklarini olishi kerak.
5.
Ta’lim muassasasi yangi qabul qilinayotgan xodim va o’quvchini kasbiy
layoqatliligi bo’yicha yo’llaganda psixolog o’z faoliyatini sidqidildan bajarishi
lozim.
6.
Psixolog testlar va tadqiqot materiallarini boshqa kishilar qo’liga tushib
qolmasligiga mas’ul.
Dostları ilə paylaş: