Natijalarni baholash. To’g’ri javoblar – qoida buzilmay berilgan javoblar.
Noto’g’ri javoblar – qoidani buzib berilgan javoblar.
Eslatma: bolaning sukut saqlashi, bosh silkitishi, xatosini to’g’rilashi
to’g’ri javob bo’lib hisoblanadi.
To’g’ri javoblar miqdori 11 tadan kam bo’lmasligi kerak.
Eslatma: metodikani o’tkazish vaqtida bolaga javobining to’g’ri yoki
noto’g’ri ekanligi haqida ma’lumot bermaslik kerak.
(Metodika manbasi: Ya rabotayu psixologom … Opыt, razmыshleniya,
sovetы Podred. I.V.Dubrovinoy. – M.: TTS «Sfera», 1999. 223 – 225 betlar.)
.
«Nima tasvirlanganini top» metodikasi Ushbu metodika maktabgacha yoshdagi bolalarning idrokini o’rganishga
mo’ljallangan. Unda bola rasmning bir necha qismlari yordamida butun rasm
qanday ekanini bilishi talab qilinadi.
Metodika quyidagicha o’tkaziladi: Bolaga rasmning A qismi ko’rsatiladi va
shu asosda rasmda nima tasvirlanganini topish taklif etiladi. Buning uchun 10
soniya vaqt beriladi. Agar bolalar bu vaqt ichida nima tasvirlanganini topa olmasa
yana 10 soniyaga unga rasmning B qismi ko’rsatiladi. SHu tariqa rasm qismlari to
bola unda nima tasvirlanganini bilmaguncha ko’rsatiladi.
55
Natijalarni baholash: 10 – ball – bola A qismdan 10 soniyadan kam vaqt ichida rasmda it
tasvirlanganini topdi.
7 – 9 ball – bola B qismdan jami 11 – 20 sonli vaqt sarflab rasmda it
tasvirlanganini topdi.
4 – 6 ball – bola V qismidan vaqt 21 – 30 soniyaga yetganda rasmda it
tasvirlanganini topdi.
2 – 3 ball – bola G qismdan vaqt 30 – 40 soniyaga yetganda rasmda it
tasvirlanganini topdi.
0 – 1 ball – bola jami 50 soniyadan ortiqroq vaqt sarflab A,B va V
qismlarni ko’rib ham it tasvirlanganini topa olmadi.
Rivojlanganlik darajasi: 10 ball – juda yuqori, 8 – 9 ball – yuqori, 4 – 7 ball – o’rta, 2 – 3 ball –
past, 0 – 1 ball – juda past.
(Metodika
manbasi:
Nemov
R.S.Psixologiya:
Ucheb.dlya
56
stud.vыssh.ped.ucheb.zavedeniy: V Z kn. – Z ye izd. – M.: Gumanitar.izd.tsentr
VLADOS, 1999. – Kn. Z. 68 – 70 betlar.)