98
xulq-atvor belgilarini aniq tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir.
Ta'kidlash kerakki, kompetentsiyalar nomzodning haqiqiy tajribasi,
uning
xatti-harakatlari, bilimlari, ko‘nikmalari
va qobiliyatlari, shuningdek,
qadriyatlari asosida aniqlanadi. O‘z
navbatida, o‘tgan tajribadan kelib
chiqqan holda, kelajakda nomzodning xatti-harakati
haqida prognoz
qilinadi. Ushbu turdagi intervyu barcha darajadagi menejerlarni tanlashda
mashhur, lekin turli lavozimlarga nomzodlarni
tanlash vositasi sifatida
ishlatilishi mumkin. Ushbu intervyu klassik metodologiyasida baholash
bitta rekruter bilan emas, balki suhbat natijalarini muhokama qiladigan va
ma'lum bir kompetentsiyani rivojlantirish darajasi to‘g'risida umumiy fikrga
keladigan ikki yoki uch kishidan iborat guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Shu
bilan birga, intervyu oluvchilar kuzatish,
batafsil yozuvlarni yuritish,
javoblarni toifalash va ballarni to‘plash kabi turli rollarni bajaradilar.
Rossiyada kompetentsiyalar bo‘yicha intervyu o‘tkazish uchun bir
nechta G'arb usullari qo‘llaniladi. Eng mashhur ikkita STAR (S) va PARLA
(6.3.2-rasm).
Dostları ilə paylaş: