Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdurahmonov


-rasm. Transport lentalarda shixta tayyorlash sxema si



Yüklə 6,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/138
tarix10.09.2023
ölçüsü6,09 Mb.
#142499
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138
Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali s. A. Abdur

77-rasm. Transport lentalarda shixta tayyorlash sxema si: 
1-bunker; 2-oziqlantiruvchi; 3-lentali transporter; 4-,5-boyitma 1-;6-boyitma 
2-;7-aylanma materiallar; 8-kvars; 9-ohak; 10-shixta
 
 
 


226 
14.2. Okatish (qumoq) va briket olish texnologiyasi 
Ruda va boyitmalarning mayda zarrachali materiallariga flus 
komponentlari 
qo‘shilishi 
natijasida 
tayyorlangan 
shixtalarni 
zichlashtirishning yana bir usuli bu granulalash usulidir. Granulalash bu 
ruda va boyitmaning mayin fraksiyalarini keyingi qayta ishlash 
jarayonlarida o‘zining o‘lchamini va formasini yoqotmaydigan 
mustahkam shar ko‘rinishidagi granulalar olish jarayonidir. Granulalash 
o‘z ichiga quyidagi uchta jarayonni olgan:
1) materialni granulalashga tayyorlash; 
2) granulalash; 
3) xomaki granulalarning mustahkamligini oshirish.
Birinchi jarayon dastlabki materiallarni yanchish, granulometrik 
tarkibi boyicha tayyorlash, namlash yoki quritish va shixta 
komponentlarini 
aralashtirish 
bosqichlarini 
o‘z ichiga olgan. 
Granulalash jarayonining natijasiga dastlabki shixtaning namligi ta’sir 
qiladi. Namlikning optimal ko‘rsatkichi 6–12% teng. Granulalash 
jarayoni korxonalarda maxsus dastgohlarda amalga oshiriladi.
Bularga aylanma barabanli, likopchali hamda likopchasifat 
granulatorlar misol bo‘ladi (79 a,b-rasm). 
78-rasm. Barabanli (a) va likopchali (b) granulatorlarda
materiallarning harakatlanishi

Barabanli granulator uzunligi 9–10 m, diametri 3 m bo‘ladi. 
Gorizontal yuzaga nisbatan 2–10
o
burchak ostida o‘rnatiladi. Ikkinchi 
dastgoh likopchali granulator, uning aylanma diametri 3-5 m ni tashkil 
etadi va ichki qismi maxsus bo‘limlardan iborat. Vertikal o‘qqa nisbatan 
30–50
o
burchak ostida o‘rnatiladi. Uning aylanish tezligi 5–15 




227 
aylana

min. Granulalarning mustahkamligini oshirish maqsadida 
shixtaga maxsus qo‘shimchalar qo‘shiladi (natriy sulfati, ohak, kraxmal 
va suyuq shisha). 
Granulalash jarayonida olingan granulalarning o‘rtacha diametri 
20–50 mm ni tashkil etadi. Gohida talabga asosan uning yirikligini 100–
200 mm gacha oshirish mumkin. 
Xomaki granulalar mustahkamligini oshirish maqsadida ularga 
maxsus termik ishlov beriladi. Termik ishlov rudaning tarkibiga 
qo‘shiladigan qo‘shimchaning miqdoriga qarab va qaysi metall tarkibiga 
kirishiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan ularning 
mustahkamligini oshirish ularni kuydirish jarayoni deyiladi. Metallurgik 
korxonalarga berilayotgan xomashyoni kuydirish turli agregatlarda 
amalga oshiriladi:
1) quvur simon aylanmali pechlar; 
2) ko‘p tubli pechlar; 
3) qaynar qatlamli pechlar. 
Kuydirish jarayoni agregatda bir necha bosqichli bo‘lib, quritish va 
kuydirish jarayonlaridan iborat. Bu jarayonlar 200

300
o
Cdan 800–
1000
o
Cgacha oshiriladi. Ayrim metallar uchun bu jarayon 1200
o
Cda 
amalga oshiriladi. Bularga volfram va molibden saqlovchi rudalar kiradi. 

Yüklə 6,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin