3
KIRISH
Mamlakatimizning
iqtisodiy
salohiyati
ishlab
chiqarish
unumdorligining rivojlanishi bugungi demokratik
davlatimizda kelajak
avlod uchun ko‘pgina hollarda mineral xomashyolarni qazib olish va
ularni qayta ishlash ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
«Rudalarni qayta ishlashga tayyorlash» fani metallurgiya
mutахаssisligi bo‘yichа tahsil olayotgan tаlаbаlаrning muhim bo‘lgan
fаnlаridаn biri hisоblаnаdi. Ushbu o‘quv qo‘llanma dastur bo‘yichа
mа’ruzаlаr, mustaqil ishlar, аmаliy va tajriba mаshg‘ulоtlаrini bаjаrishga
mo‘ljаllаngаn.
«Rudalarni qayta ishlashga tayyorlash» fаni o‘z
ichiga rudalarni
tayyorlash jarayonlari, (maydalash, g‘alvirlash, yanchish,
sinflarga
ajratish), asosiy boyitish jarayonlari, (gravitatsion boyitish,
flotatsion
boyitish, magnit usulida boyitish, elektr usulida boyitish va boyitishning
maxsus usullari), yordamchi jarayonlar, (boyitish mahsulotlarini
suvsizlantirish, quyultirish, changlarni ushlash)
metallurgik qayta
ishlashga tayyorlash jarayonlari, (shixta tayyorlash, okatish (qumoq) va
briket olish texnologiyasi) kuydurish jarayonlari, (oksidlab kuydirish,
aglomeratsiyalash
jarayonlari)
biotexnologik
qayta
ishlash
(mikrojonzotlar
va ularning turlari, bakterial oksidlash va h.k.)
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu jаrаyonlаrni to‘liq va sifatli amalga
oshirilishi, metallurgik jarayonlarda metallarni yuqori ko‘rsatkichlar
bilan ajratib olishni ta’minlab beradi. Shu sababdan rudalarni qayta
ishlashga tayyorlash jarayonlarining
nazariyasini va amaliyotini
o‘rganish juda katta ahamiyatga ega.
Shu kungacha «Rudalarni qayta ishlashga tayyorlash» fanidan
o‘zbek tilida yozilgan adabiyotlarning kamligi endi-endi tayyorlana
boshlaganligi va ommalashmaganligi sababli qo‘llanma
ayrim
kamchiliklardan holi bo‘lmasligi mumkin. Shularni hisobga olgan holda
qo‘llanma haqida fikir-mulohaza va istaklar bildirilsa, mualliflar
mamnuniyat bilan qabul qilgan bo‘lar edi.