23
5-rasm.
Jag‘li maydalagich.
Maydalagich korpusining yon devorlari silliq plitalar bilan qop
lanadi. Shatun pastga harakatlanganda qo‘zg‘aluvchi yuzа og‘irlik kuchi
va tyaga orqali buferli prujina (10) ta’sirida qo‘zg‘almas
yuzadan
uzoqlashadi. Bunda maydalangan mahsulot to‘kiladi.
Bo‘shatish tuynugining kengligini o‘zgartirish boshqaruvchi ponalar
yordamida yoki tirgakli plitalarni almashtirish orqali amalga oshiriladi.
Val (6)ga ikkita maxovik (g‘ildirak) (5) o‘rnatilgan. Maxoviklarning biri
shkiv rolini bajaradi. Jag‘li maydalagichlar elеktrodvigatel (9)dan
ponasimon tasmali uzatma (klinoremennaya peredacha) orqali harakatga
keltiriladi. Asosiy podshipnik va shatun kallagining podshipniklari
suyuq moy bilan, qo‘zg‘aluvchi yuzаning podshipniklari va tirgakli plita
vkladishlari konsistent moy bilan moylanadi. Suyuq moy podshipnikka
avtomat ravishda ishlaydigan stansiyadan tushadi. Bu stansiya bakdan,
yog‘ nasosi, elеktrodvigatel, filtrsovutgich va kontrol o‘lchov apparatlari
(termomеtrrele,
bosim relesi, monomеtr va h.k)dan iborat. Konsistent
moy quvurlar orqali yoki qo‘lda moy stansiyalaridan beriladi.
Keyingi yillarda murakkab harakatlanuvchi jag‘li maydalagichlar
qo‘llanila boshlandi (5-rаsm).
Qo‘zg‘almas yuza (1) maydalagich staninasining bir qismi
hisoblanadi.
24
Qo‘zg‘aluvchi yuzа (13) qo‘zg‘aluvchi
podshipnik yordamida
(sоаt mili bo‘yicha aylanuvchi) ekssentrik val (2)gа osilgan. Tirgakli
plita bir uchi bilan qo‘zg‘aluvchi yuzning vkladishi (12)ga, ikkinchi uchi
bilan tayanch (8)ning vkladishi (9)ga suyanadi. Maydalagichning bu
tayanchi va staninasi o‘rtasida gaykalar bilan ikkita vint (5)da
mahkamlangan pona (7) joylashgan. Bu ponaning holatini vertikal
yuzada o‘zgartirib maydalagich bo‘shatish
tuynugining kengligi idora
qilinadi. Qo‘zg‘aluvchi yuza va tirgakli plita orasidagi kerakli
bog‘lanish prujinali tyaga (10) orqali amalga oshiriladi. Korpusning
asosiy podshipniki (3)ga o‘rnatilgan ekssentrik val (2) ponasimon
tasmali uzatma va shkiv (4) orqali harakatga keltiriladi.
Ishchi holatda
qo‘zg‘aluvchi yuza qo‘zg‘almas yuzaga goh yaqinlashadi, goh undan
uzoqlashadi. Shu bilan birga u qo‘zg‘almas yuza bo‘ylab harakat qiladi.
Shuning uchun bunday maydalagichlarda mahsulotning bo‘linishi ezilish
va ishqalanish hisobiga sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: