2.6. Jag‘li maydalagichlar
Jag‘li maydalagichlar ruda va qurilish mahsulotlarini yirik va o‘rta
maydalash uchun ishlatiladi. Jag‘li maydalagichlarda mа’dаnni
21
maydalash qo‘zg‘аluvchi va qo‘zg‘almas yuzalar (plitalar) orasidagi
bo‘shliqda ezilish, qisman parchalanish va sinish natijasida sodir bo‘ladi.
Mа’dаn yuqori tarafdan plitalar orasidagi bo‘shliqqa beriladi va
ularning yaqinlashishi vaqtida maydalanadi, maydalangan mahsulot esа
qo‘zg‘аluvchi yuza har safar qo‘zg‘almas yuzadan uzoqlashganda
bo‘shatish tuynugi orqali tushirib olinadi.
Jag‘li
maydalagichlar
sanoatda
oddiy
va
murakkab
harakatlanuvchi yuzali qilib ishlab chiqariladi. Bu yuz sharnirli o‘q yoki
ekssentrik valga osilgan bo‘lib, qo‘zg‘almas yuzga goh yaqinlashib, goh
undan uzoqlashib tebranishlar hosil qiladi (6-rаsm).
Birinchi turdagi maydalagichlar sanoatda keng qo‘llanilib, ik-
kinchi turdagisi esа faqat laboratoriya va yarim sanoat tadqiqotlari
uchun tayyorlanadi. Tebranuvchi harakatni yuzа uzatuvchi mexanizm
orqali ekssentrik valdan oladi. Murakkab harakatlanuvchi qo‘zg‘aluvchi
yuzali maydalagichlarda bu yuzа uzatuvchi ekssentrik valga sharnir
orqali osilgan bo‘lib, uning pastki qismi esа tirgakli plita orqali
sharnirga ulangan.
Jag‘li maydalagichlarda maydalangan mahsulotning yirikligi,
bo‘shatish tuynugining kengligi (yuzаlar orasidagi minimal masofa)
bilan aniqlanadi.
Boyitish fabrikalari ochiq kon va shaxtalarda mа’dаnni va boshqa
mahsulotlarni
yirik
maydalashda yuqorida
osilgan va sodda
harakatlanuvchi qo‘zg‘aluvchi yuzаli maydalagichlar keng qo‘llaniladi.
Bu yuqori quvvatli maydalagichlar sodda tuzilishga va uncha katta
bo‘lmagan balandlikka egа bo‘lib, ular ishlashda ishonchli hisoblanadi
(4-rаsm).
Yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi jag‘li maydalagich-
ning korpusi (qutisi) old 1, orqa 8 va ikkita yonbosh 16 devorlardan
iborat. Oldingi devor qo‘zg‘almas yuz rolini o‘ynaydi. Qo‘zg‘aluvchi
yuz ikkita podshipnikka tayangan o‘qqa osilgan.
|