Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo‘lgan fikrlarini ijobiy tomon o‘zgartirishga sabab bo‘ldi.Intellektual idrok katta
hajmlarga erishayotgan olamda mamlakatimiz olimlariko’pdan
beri raqamli
iqtisodiyot infratuzilmasi rivoji uchun maqbul muhit yaratishga harakat qilib
keladilar. Bunday muhit biz band bo’lgan jarayonlar va bizga daxldor bo‘lgan
hamkorlar tomonidan taqdim etiluvchi ishonchli kontent o‘sishini ta’minlashning
yanada «raqamlashtirilgan», avtomatlashtirilgan va aniqroq bo‘lishiga yordam
berishi mumkin. Bu bizlarning ko‘proq suhbatlashishimiz va ertangi kunimizning
aqlli hayotini tezroq qurish uchun kelajakdagi texnologiyalar izlab topishdek buyuk
ishlar g’oyasiga asoslanib hamkorlik qilishimiz kerakligini anglatadi. Bu holda
oldimizdagi barcha hurmatga sazovor kompaniyalar, universitetlar va ilmiy tadqiqot
institutlari bizning hamkorlarimizga aylanadilar. Yaqinda,
Huawei asoschisi janob
Ren Zhengfei
Qutb kodeksi «otasi» - Turkiyalik professor Arikanga maxsus
mukofotni topshirdi. Bu mukofot – uning insonlar kommunikatsiyasi rivojiga hissa
qo‘shganligining izhori sifatida e’tirof etildi. Agar mamlakatimiz raqamli
iqtisodiyot sohasidagi fundamental tadqiqotlarga va sifatli ta’lim olishga asosiy
e’tiborini qaratmasa, turli sohalarning jadal rivojiga va amaliy hayotdagi yangicha
g‘oyalarga erisha olmaydi. Masalan, mamlakatimizdagi ko’pchilik olim va soha
mutaxassislarning fikricha, raqamlashtirish jarayoni
mamlakat iqtisodiyotida
borgan sari kuchayib boradi va transmilliy korporatsiyalarning mamlakat
mintaqaviy va milliy iqtisodiyotlaridagi roli ortib boradi. Iqtisodiyotning raqamli
segmenti mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatda ro‘y bergan sifat o‘zgarishlari tufayli
dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi. Yangiraqamli texnologiyalar va platformalar
jismoniy shaxslar va korxonalar menejmentiga tobora katta ko‘lamda o‘zaro
aloqalarda transaksiya harajatlarini qisqartirish hamda davlat tuzilmalari va xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar bilan yaqin aloqalarni amalga oshirishga imkon beradi.
Bularning natijasida tarmoq servislariga asoslangan raqamli yoki elektron
iqtisodiyot shakllanadi. Raqamlashtirish tushunchasining o‘zi buyumlar
internetidan tortib, elektron hukumat texnologiyalarigacha bo‘lgan zamonaviy
axborot texnologiyalarini «yoppasiga» qo‘llash asosida tovarlar va hizmatlar ishlab
chiqarishni boshqarish va ishlab chiqarishning o‘zini
takomillashtirishning yangi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bosqichidan dalolat beradi. Iqtisodiyotning raqamli segmentini kengaytirishning
asosiy sababi, transaksiya sektorining o‘sishi hisoblanadi, va u rivojlangan
mamlakatlarda milliy YIMning 70%dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bu sektor tarkibiga
quyidagilar kiradi: davlat boshqaruvi, konsalting va axborot hizmatlari ko‘rsatish,
moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, turli kommunal, personal va ijtimoiy
hizmatlar ko‘rsatish.Iqtisodiyotda dinamika va diversifikatsiya darajasi qanchalik
yuqori bo‘lsa, mamlakat ichkarisida va tashqarisida
shunchalik katta hajmdagi
noyob ma’lumotlar aylanadi, mos ravishda, milliy iqtisodiyot doirasida ham
kattaroq axborot trafigi vujudga keladi. Shu sababli, raqamli iqtisodiyot hamda
elektron tijorat information texnlologiyahizmatlarining kirib borish darajasi yuqori
va qatnashchilar soni ko‘p bo‘lgan bozorlarda eng samarali faoliyat
ko‘rsatadi.Birinchi
navbatda, bu e-segmentning ulushi YIM 10%ini tashkil
qiladigan, bandlik 4%dan yuqori bo‘lgan va bu ko‘rsatkichlar yaqqol o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lgan internetga qaram tarmoqlar (transport, savdo, logistika
va h.k.) bilan bog‘liq. Texnologik jihatdan, raqamli iqtisodiyot va elektron
tijoratning rivojlanishini to‘rtta asosiy trend belgilab beradi: bular, mobil
texnologiyalar, biznes-modellar, bulutli texnologiyalar va ijtimoiy media vositalari.
Bu esa o’z navbatida shuni anglatadiki, milliy segmentni shakllantirishda ularning
imkoniyatlaridan to’liq foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Shu
bilan bir
vaqtda, milliy raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratga ichki va tashqi
investitsiyalarni samarali jalb etish va undan dividendlar olish uchun qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish, salmoqli inson kapitalini tayyorlash, boshqaruv
jarayonini ham rivojlantirish zarurdir. Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishning
poydevori hisoblanadi va xuddi shu sababli, ularni rivojlantirish
chora-tadbirlari
majmuini aniqlash lozim. Raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat sohasiga oid
yuqorida aytib o’tilgan fikrlarni keng halq ommasiga va ayniqsa, talaba-
magistrantlarga yetkazish maqsadida yozilgan
ushbu o’quv qo’llanmaxuddi shu
va shunga o’xshash masala va muammolari ommabop ravishda taqdim etishga
va imkoniyat darajasida yoritishga bag’ishlangan.