Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bilan o’qib chiqqanlarda kriptovalyutalarning yoki tokenlarning hammaga ma’lum
va mashxur bo’lgan moliyaviy piramidalarga o’shab ketishini anglash mumkin.
Eslatib o’tamiz, moliyaviy piramidalarning asosiy maqsadi — uning yaratuvchisini
yangi ishtirokchilar kiritgan mablag‘lar hisobidan boyitishdir. Bunday
piramidalarning aktivlari tashqi
bozorda hech kimga kerak emas, ular
foydalanishda hech qanday afzalliklarda ega emas, hech qanday muammoni ham
hal qilmaydilar. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq holatda esa hammasi aksincha —
ular moliyaviy bozorning katta muammosini hal qiladi,
ularning aylanmasi qulay
va ishtirokchilar uchun manfaatli bo‘lib, bu ularni harid qilishga real talabni
yuzaga keltiradi.Biroq ertaga bozor texnologik jihatdan yanada mukammal va
qulay nimanidir ixtiro qilsa, yirik o‘yinchilar va investorlar bitkoinga bo‘lgan
ishonchini yo‘qotishi mumkin. Bu esa kursning tushib
ketishi va kapitalning
boshqa qulayroq vositaga o‘tib ketishiga olib kelishi mumkin. Ammo hozirda
bitkoinlar va boshqa kriptovalyutalarni mukammallashtirish ustida dunyo bo‘ylab
shunchalik ko‘p iqtidorli programmistlar va matematiklar mehnat qilmoqdaki,
navbatdagi keskin texnologik o‘zgarish ehtimol mavjud texnologiyalar doirasida
yuz berishi mumkin.Bitkoin va boshqa kriptovalyutalar qiymati oshishining asosiy
sababi bozorga yirik o‘yinchilarning kirib kelishidadir. Investitsiya jamg‘armalari,
xalqaro korporatsiyalar, milliarderlar va hatto ba’zi davlatlar ham bir qator valyuta
va texnologik blokcheynlarni qo‘llab-quvvatlashi
va foydalanishni boshlashi
haqida ma’lum qildi. Bu esa investorlar va kriptovalyuta sohiblarida ishonch
uyg‘otadi.Bitkoinni murakkab, ammo, real moliyaviy aktiv deb atash
mumkin.
ICO
esa kriptovalyutalardan foydalangan
xolda kompaniya tomonidan
moliyaviy mablag’ yig’ishning zamonaviy usulidir. Bu usul ko’proq birjada
qimmatli qog’ozlarning joylashtirilishiga o’xshab ketadi. Bitkoin va efiriumlarning
egalari esa kompaniyadan token deb atalmish boshqa turdagi kriptovalyutani
oladilar. Tokenlarni esa
Dostları ilə paylaş: