CME va
CBOE Chikago birjalarida kriptovalyuta bo’yicha
f’yucherslar va optsionlar ishga tushirilmoqda, boshqa bir qancha mamlakatlarda
esa kriptovalyutalar tan olinib, ular to’lov vositasi sifatida ishlatilmoqda, boshqa
bir davlatlarda esa qonuniy baza ishlab chiqilmoqda. Yana bir sabab, dollarning
raqamli analogini chiqarayotgan
Tether Ltd kompaniyasi yirik kriptovalyuta
birjasi
Bitfinex bilan kelishgan xolda ta’minlanuvsiz raqamli dollar chiqarib, ulari
bitkoinlarga investitsiya qilmoqda. Undan tashqari, yirik jahon bank sektorlari
o’yinchilari, avtomobil ishlab chiqaruvchilar va riteyl-gigant
Amazon ham asta-
sekin kriptobozorga kirib kelmoqda. 2017 yilning noyabrida Shveytsariyaning
Vontobel banki ham bitkoinlar uchun mini-f’yucherslar chiqara boshladi.
Yaponiyada esa bitkoin rasmiy to’lov instrumenti sifatida tan olindi. Xindistonda
ham kriptovalyutalar boshqaruvi bo’yicha qonunlar ishlab chiqish jarayoni amalga
oshmoqda. AQSH bitkoinni birja mahsuloti deb tan olgan va Evropa mamlakatlari
ham kriptovalyutani boshqarish bo’yicha tartibotlarni amalga kiritdilar. Kanada va
Lotin Amerikasida ham bu xolatlar kuzatilayapti. Bularning barchasi bitkoinning
jahon miqyosida tan olinayotganligini anglatadi. Bitkoinlarni ishlatish ruhsat
etilmagan davlatlar junlasiga Bangladesh, Boliviya, Ekvador, V’etnam va
Qirg’izistonni kiritish mumkin. Ammo
Saxo Bank ning valyuta strategi Djon
Xardining fikricha, Rossiya va Xitoyning ruxsat berilmagan kriptovalyutalarga
ta’qiq qo’yishi natijasida 2018-19 yillarda bitkoinning narxi ancha tushib ketishi
mumkin. Natijada uning narxi 2019 yillarga kelib 1000 dollar atrofida
stabillashadi. Xozirgi davrda nafaqat investorlar, balki boshqa soha mutaxassislari
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ham kriptovalyutalar bozoriga katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Masalan,