NASAA assotsiatsiyasi va undan so’ng birjalar va qimnatli qog’ozlar bo’yicha
komissiya –
SEC nazoratni amalga oshiradi. Evrova yoki Osiyo kreditlash
bozorlari bilan ishlash uchun ular halqaro ofislar ochishlari va mahalliy qonunlarni
hisobga olgan holda ish olib borishlari lozim bo’ladi. Evrovada ham Evropa
Ittifoqining 27 davlati orasida konunlarni muvofiqlashtirish bo’yicha Yagona
Nazorat Mexanizmi (
SSM ) mavjud bo’lib, har bir mamlakatda ham banklar va
moliyaviy hizmatlar yetkazib beruvchilarning faoliyatlarini nazorat qilib turadigan
milliy tashkilot mavjud. O’z biznesini boshqa mamlakatlarda kengaytirmoqchi
bo;lgan tadbirkorlar ushbu milliy tashkilotlar bilan birgalikda ishlashlari lozim.
Osiyoda esa bank va moliya tashkilotlari uchun yagona reglament yo’q bo’lib, har
bir mamlakat bunday masalalarni o’z qonunchiligi doirasida hal qiladi. Agarda
kompaniya global miqyosda to’lovlar amalga oshirish bilan shug’ullansa, ularda
qo’shimcha normativ hujjatlar paketi talab qilinadi. Korruptsiyaga qarshi siyosat
doirasida
P2P, P2B va
B2B to’lov maydonchalari faoliyati jahonnong barcha
mamlakatlarida qattiq nazorat qilinadi. Pullarni yuvish bo’yicha moliyaviy choralar
ko’rish halqaro tashkiloti (
FATF ) jinoyat yo’li bilan olingan daromadlarni
legalizatsiya qilishga qarshi jahon standartlarini ishlab chiqqan. Bu tashkilot
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva Belgiyada joylashgan bo’lib, uning a’zosi 34 mamlakatdir.
FATF ning 2012 yilda
ishlab chiqqan qoidalar to’plami istalgan halqaro to’lov tizimlari uchun majburiy
talab hisoblanadi. To’lov hizmatlai bo’yicha Evropa Ittifoqi Direktivalarining
(