Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
oshira oladilar. Bunday shart-sharoitlarda moliyaviy investitsiyalar raqamli
iqtisodiyotga o’tishning asosiy drayveri bo’lib hisoblanadilar. Raqamli
transformatsiya (
digital transformation
) jarayoni deb, raqamli texnologiyalarni
mavjud biznes-modellarni mukammallashtirish uchun
ishlatishga hamda uning
vositasida faoliyat samaradorligini oshirishga aytiladi. Bu jarayon doimiy asosda
innovatsion texnologiyalarni tadbiq qilishni ko’zda tutib, butun iqtisodiyotning
to’laqonli raqamli transformatsiyasiga olib keladi.
Raqamli texnologiyalardan
foydalanish banklarning, davlat organlarining va potentsial mijozlarning o’zaro
munosabatini mukammallashtiradi. Raqamli transformatsiya bank hizmatlari
ko’rsatishning zamonaviy usullarining barcha jabhalarda ishlatishni ko’zda tutadi.
Natijada banklarning
filiallari soni kamayadi, bir qancha xizmatlar, shu jumldan,
kredit berish va vositalarni investitsiyalash on-layn servislar ko’rinishiga o’tadi.
Bank sektorining bunday transformatsiyasi o’zining kamchiliklariga ham ega –
oldingi avlod raqamli iqtisodiyot tushunchalarini o’zlashtirishga qiynaladi va uning
uchun ish yuritishning an’anaviy usullaridan voz kechish unchalik yoqmaydi,
banklarga esa mobil platformalarda ishlaydigan to’liq on-laynga o’tish juda ham
foydali bir tadbir bo’ladi. Misol sifatida Britaniyadagi mijozlar bilan ishlash uchun
mo’ljallangan moddiy bo’limlari yo’q bo’lgan
Dostları ilə paylaş: