Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bunday ko’rinishda murojaat qilinadi: „
Agar biq sizga yuzta mijoz topsak, siz bizga
50% chegirma qilib bera olasizmi?
“ Bunday yondoshuv iste’molchlar uchun
moliyaviy foyda olish va tadbirkorlar uchun kutilgan natijalarga erishish borasida
faol aloqa o’rnatishga imkon beradi. Bunday kontseptsiya tadbirkorlar orasida
tarqatilib, mahsulot va hizmatlarga ma’lum darajadagi chegirma berish evaziga
ularga kafolatlangan sondagi mijozlar topib berilgan. Haqiqatan ham har kuni
tadbirkorlardan sotilmagan tovarlar, tez orada muddati o’tib buzilib ketadigan
oziq-ovqat mahsulotlari, turli xildagi tadbirlarga biletlar ortib qoladi. Tadbirkorlar
esa zarar ko’rmaslik uchun kerakli sondagi mijozlar topilgan taqdirda, o’z tovar va
xizmatlariga yaxshigina chegirmalar berishga ham rozi bo’ladilar.
Groupon
kompaniyasi tadbirkorlarga xuddi shu muammolarni hal qilish uchun yordam
bergan va katta muvaffaqiyatga erishgan. 2010 yilning kuzida Google bu
kompaniyani $5,75 milliard dollarga sotib oldi.
Dostları ilə paylaş: