6. Elektron xizmatlarning yuqori sifati – umuman aytganda, elektron
hizmatlarning sifati ancha murakkab sintetik ko’rsatgichdir. Uning qandayligi
xizmat ko’rsatish sifati bilan, shaxsiy tarkibning sifatli xizmat ko’rsatishi bilan,
ishonchlilik bilan, informatsion tizimning uzluksiz ishlay olishi bilan,
marketingning sifati bilan hamda teskari aloqaning sifati bilan aniqlanadi. Yuqori
sifat – bu haridorlarni jalb qiladigan va ularni mahsulot va xizmatlarning doimiy
iste’molchisi bo’lishga undaydigan bir ko’rsatgichdir. Misol sifatida quyida qanday
muammolar qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi keltirilgan (
DATAinsight, Insales, PayU, p.107 ):
Mahsulotning narxi : Agarda zakaz berish jarayonida mahsulotning narxi
biroz oshib ketsa, taxminan 70% haridorlar hariddan voz kechishlari mumkin;
Salbiy taqrizlar : Haridorlarning taxminan 64,5% qismi kimlardir tomonidan
berilga salbiy taqriz natijasida kompaniya hizmatidan voz kechishlari mumkin;
Bu mahsulot bizda yo’q edi : Agarda saytda bor deb ko’rsatigan mahsulotlar
internet magazinda yo’q bo‘lsa, u xolda 47,8% haridorlarda kompaniya haqida
salbiy fikr xosil bo’lishi mumkin.
7.
Tizim rivojlanishi uchun zarur bo’lgan o’tkazuvchanlik imkoniyatlarini ta’minlab berish – Elektron tijoratning biznes-modileni tanlashda bu bilan bog’liq
bo’lgan ko’rsatgichlarga, shu jumladan, tizimga kiruvchilar soni, mahsulotni
yetkasib berish vaqti, hizmat ko’rsatish vaqti, klikka javob berish tezligi kabi
parametrlarlarga alohida ahamiyat berish kerak. Kompaniyaning o‘sishi bilan bir
vaqtda logistikaga bo’lgan talablar kuchaya boshlaydi. Agar kompaniya
o’tkazuvchanlikni juda katta qilib tanlagan bo’lsa, u xolda bu infratuzilmaning
bahosini haddan tashqari oshirib yuboradi. Shuning uchun ushbu ko’rsatgichni
mashtablashtirish yordamida ko’paytirishni rejalashtirgan ma’qulroq bo’ladi.