B2C bilan bir qatorda
B2B deb atalgan gigant
biznes ham rivojlana boshlaydi;
Elektron tijoratning yanada ko’proq avtomatlashuvi hozirgi zamon
biznesining real rivojlanish yo’nalishi deyish mumkin;
Iste’molchilarning turli-tumanligi elektron tijoratga katta o’zgarishlar olib
kelishi kutilmoqda;
Ertangi kunning yana bir yechimlaridan biri ko’p kanalli elektron savdodir;
Halqaro elektron savdo imkoniyatlari yanada kengayadi va uning yangi
usullari kashf qilinadi;
Elektron savdoda mobil qurilmalardan foydalanish ko’lami yanada
ko’payadi va bu amalning murakkablik darajasi biroz ortadi;
Ijtimoiy tarmoqlar va media vositasidagi sotuvlar hajmi yanada ortadi;
Google ning mikro-momentlari jarayonlarni optimallashtirish uchun bir
vosita sifatida ishlatilina boshlaydi;
Elektron tijoratda iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi o’rtasidagi o’zaro
muloqotda content katta ahamiyat kasb eta boshlaydi.
Oxirgi besh yilda chakana savdoning umumiy savdodagi hajmi 5,4% dan
9,1% gacha o’sdi. Demak, bu sohada amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlar
mavjud ekan. Tezkorlik bilan rivojlanayotgan kompaniyalar yangi raqobatchilarni
aniqlab, ularning muvaffaqiyatlari sirlarini aniqlashlari va o’zlari uchun yangi
imkoniyatalar izlab topishlari zarur bo’lib qoladi. Masalan, keyingi yillarda
internet-korxonalarda yangi trend paydo bo’la boshladi – ular oflaynda ishladigan
savdo nuqtalari sotib olib, ularni ishlata boshladilar.
Online to Offline (O2O )
turidagi tijorat odatiy raqamli texnologiyalarga yangi hayot bag’ishlashi mumkin.
Boshqa tomondan esa chakana savdo gigantlari ham iste’molchilarga raqamli
dunyoda an’anaviy magazinlarga o’xshash bo’lgan imkoniyatlar taqdim
etayaptilar. Yuqoridagi ikki jarayonni bir so’z –