Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ijtimoiy saytlarni daromad manba’larini
tahlil qilsak, quyidagi holatni ko’ramiz
(
http://top.rbc.ru/technology_and_media/08/04/2015/55252f8c9a794724452cff8f
):
Reklamadan keladigan daromad;
Onlayn o’yinlardan daromad;
Virtual sovg’alardan keladigan daromad;
Qayd qilinishdan daromad;
Ilovalar va o’yinlarga bo’lgan to’lovlardan keladigan daronad;
Katta hajmdagi fotografiyalar va videolarni saqlash uchun to’lovlardan
keladigan daromad;
Kreditdan olinadigan daromad.
11.4. Elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari
Hozirgi davrda ko’pchilik mutaxassislar elektron tijorat rivojlanishining
kelajak istiqbollari bilan juda
ham qiziqadilar, chunki agar bunga e’tibor berilmasa,
har qanday biznes ham kelajakda yangi turdagi biznes modellarning tezkorlik bilan
rivojlanishi oqibatida norentabel bo’lib qolishi yoki barbod bo’lishi mumkin. Bu
masala bo’yicha eng ishonchli manba soha perofessionallarning
fikrlarini
o’rganishdir.
Compo
agentligining
B2B
e-commerce bo’yicha agentligi analitiklari
Rossiya
e-commerce
bozori ekspertlaridan 2018 yildan so’ng elektron tijoratda
kutiladigan trendlar bo’yicha so’rov o’tkazishdi va olingan natijalar «
What Is the
Future of E-commerce in 2018 and Beyond? 10 Trends Transforming How
We Shop Online
» deb nomlangan
Gerbert Lui
ning maqolasida keltirilgan.
Mahsulotlarni
ikki soatda yetkazib berish, sun’iy intellektdan hamda dronlardan
foydalanish kabi alohida
muvaffaqiyatlarga qaramay, bu sohadagi uzoq muddatli
muvaffaqiyat tezkor rivojlanishni ta’minlab beradigan
bozor imkoniyatlarini
tushunishga asoslangan bo’ladi.
Shopify
kompaniyasining xodimi
Gerbert Lui
bu
sohadagi quyida tavsif etilgan o’nta asosiy trendni ko’rsatib o’tdi:
Elektron tijorat tez sur’atlar bilan rivojlanishiga qaramay, elektron savdoga
chakana savdoning bor-yo’g’i 9,1% to’g’ri kelar ekan. Demak,
yo’nalishning tezkorlik bilan rivojlanishi kutilmoqda;