Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
loyihalar bo’yicha rahbarining bildirishicha, online chakana savdo hajmi haridorlar
ko’payishi tufayli o’sib bormoqda, chunki uch-to’rt
yillar avval online harid
qilayotgan katta avlod vakillari ham offlaynda ishlashga ancha o’rganib qolganlar.
Agarda onlayn va offlayn bir-biriga o’zaro birikib ketsa,
u xolda omnikanallilik
onlayn savdoda potentsial xosil qilishi mumkin. Oflayn magazinlar esa onlayn
zakazlar topshiriladigan punktlar rolini o’ynay boshlaydi.
Alibaba Group
kompaniyasining tajribasiga ko’ra, omnikanallilik
xossasi kompaniyaning
sotuvdan bulutli yechimlargacha hamda o’z mustaqil to’lov tizimigacha bo’lgan
butun bir ekotizimdir. Masalan,
Wildberries
da bir necha yillardan buyon har bir
registratsiya qilingan foydalanuvchining ichki elektron hamyoni mavjud. U orqali
zakaz pulini to’lash va tovar qaytarilgan taqdirda pullarni qaytarib olish ham
mumkin. Ammo omnikanallilik ham tarix sahifalaridan o’rin olib, yangi, new
retailga asta-sekin o’z o’rnini bo’shatib bermoqda.
Bunda kompaniya uchun
sotuvchi haridorga tovar yoki hizmatni qaerda, qanday
va qachon taklif qilishi
muhim emas, chunki barcha hollarda ham onlayn offlaynga xizmat ko’rsatadi.
Statista
ning ma’lumotlariga ko’ra, 2017 yilda elektron tijoratning
B2B
sektorida tranzaktsiyalarning umumiy miqdori $7,66
trillionga yetdi va uning
hajmi
B2C
sektorga nisbatan
($2,143 trillion
) uch martadan ko’proq ortdi.
So’rovlar natijasida
Dostları ilə paylaş: