Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Endi raqamli kontentlar bozorining komp‘yuter o’yinlari segmentini ko’rib
chiqamiz. Deyarli barcha ijtimoiy saytlar va messenjerlar foydalanuvchilarga turli
xil o’yinlar taklif qiladilar va bu o’yinlarning ichiga reklamalarni joylashtirib foyda
olishga harakat qiladilar. O’yin portallariga
Microsoft MSN Games, Zone.com,
Station.com (Sony), Real Arcade (RealNetworks va Elektronic Arts), Wargaming,
Entertainment Software Assosiation
larni kiritish mumkin. Bu segmentdagi
monetizatsya modellari
Freemium
va
Free-to-Play
lar hisoblanadi.
Komp’yuter o’yinlari bozorida eng katta
muvaffaqiyatga erishgan
o’yinlardan biriga
Nintendo
kompaniyasining 2016
yilda ishga tushirilgan
Pokemon Go
o’yinini kiritish mumkin. Bu o’yining yaratuvchilar bir kunda $1,6
million dollar daromad qilganliklari haqida xabarlar ham bo’lgan (
Sensor
Tower
analitik
kompaniyasi
ma’lumotlaridan–RBK,15
iyul
2016
yil,
№125(2381),str.8-9
).
O’yinning bir oylik daromadi $200 ming dollardan ortib ketgan. Shuning uchun
ham
hozirgi kunda
Pokemon Go
o’yini monetizatsiya bo’yicha liderlardan biri
hisoblanadi. Keyingi yollarda bundan tashqari quyidagi komp’yuter o’yinlari ham
ommaviylik kasb eta boshladilar:
Angry Birds, Fruit Ninja, Subway Surfers
.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan komp’yuter o’yinlari mobil
internet va mobil tijorat
bozorlarining, aksessuarlarning,
mobil gadjetlarning, portative qurilmalar
bozorlarining o’sish katalizatori bo’lib hizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: