Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
(klasterlar), innovatsion-texnologik
markazlar, texnoparklar, biznes-inkubatorlar
va biznes-akseleratorlar. Bunday tashkilotlarning asosiy vazifalariga quyidagilarni
kiritishimiz mumkin:
Ish yuritish uchun qulay va foydali bo’lgan ofislar hamda ishlab chiqarish
maydonlarini olishga yordam berish;
Informatsion qo’llab-quvvatlash;
Investitsiyon loyihalarni
amalga oshirishda ish kuchini, mutaxassislarni va
xamkorlarni topishda yordam berish;
Potentsiyal investorlar guruxini kengaytirish;
Soha bo’yicha mutahassislarni topishda ko’mak berish;
Innovatsion joyihalarning boshlang’ich bosqichlarida moliyaviy ko’mak
ko’rsatish.
Innovatsion loyihalar uchun moliyaviy mablag’lar topishning eng yaxshi usullariga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin: o’z mablag’laringiz, do’stlar va olilaviy
mablag’lar, grant yoki subsidiyalar olish, bankdan kradit olish, biznes-farishtalarga
murojaat qilish va venchur kapitaldan foydalanish.
Biznes-farishtalar deb,
biznesning ilk bosqichlarida investitsiyalardan katta foyda olishni mo’ljallagan
hususiy investorlarga tushuniladi. AQSH dagi unday turdagi tashkilotlarga
New
York Angels, Tech Coast Angels, Launchpad Venchure
kabilarni
misol qilib
keltirish mumkin.
Venchur fondlar keng tanlash imkoniyatiga egadirlar, ammo ularga bank,
sug’urta va investitsion kompaniyalarga vositalar jalb qlishga ruxsat berilmaydi.
Ular aniq bir yoki bir necha yo’nalishlarga mablag’lar jalb qilishlari mumkin.
Masalan, venchur fondlar faqat meditsinaga yoki og’ir sanoatga investitsiya
qilishari mumkin yoki bir vaqtning o‘zida
ham tibbiyotga, ham og’ir sanoatga, ham
aloqaga va ham ekologiyaga investitsiyalarni amalga oshirishlari mumkin. Oxirgi
yillarda startaplar orasida elektron biznesga, ijtimoiy saytlarga, tanishuv saytlariga,
blokcjeynlarga, ta’limga va mediaga investitsiyalar jalb qilish ommabop bo’lib
bormoqda. Bu sohalarga bo’lgan investitsiyalar 2015 yilda barcha startaplarning
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
55% ga tegishli bo’lgan (
Internet servislar va kontentlar bozori 2014-2015
yillarda. RAEK, NIU VIGE. Ekonomika Runeta RF. str.58
).
Startaplarga investitsyalar qilishning asosiy shartlari sifatida quyidagilarni
keltirishimiz mumkin:
Loyihaning tijoriy jihatdan maqsadga
muvofiqligi;
Kuchli boshqaruv komandasining mavjudligi;
Yangi turdagi mahsulot yoki hizmatning yaratilishi yoki uning texnik darajasining
oshirilishi;
Fondning kompaniya boshqaruv organlarida ishtirok etishi;
Kompaniyaga bo’lgan investitsiyalarning aniq vaqt gorizonti va undan chiqish
shartlari;
Mamlakat ilm-fani, texnik va texnologik rivojlanishining
pioritetli rivojlanish
yo’nalishlariga mos kelishlik.
Ozbekistonda venchur investitsiyalar bir qancha muammolarga duch keladi.
Ulardan birinchisi intellektual mulkni himoya qilish bilan bog’liq, ikkinchisi esa
vencher fondlarni boshqarish bo’yicha malakali mutaxassislarni yo’qligidir.
Uchinchi muammo venchu fondlar tashkil qilish va uni yuritish o’yicha soliq
imtiyozlari mavjud emasligi. Dunyo miqyosida venchur kompaniyaarning
muvaffaqiyati ularning kapitalizatsiyasi va daromadliligi bilan aniqlanadi.
Sobiq
sovet ittifoqi xududidagi aktiv venchur fondlar safiga quyidagilarni kiritshimiz
mumkin:
Dostları ilə paylaş: