Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Virtual reallik (virtual reality, VR)



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Virtual reallik (virtual reality, VR)
va qo’shimcha virtual reallik 
(
augmented reality, AR
) texnologiyalarining rivojlanishi ham kelajak trendlaridan 
biri bo’lib, ularning ishlab chiqarishga bo’lgan ta’siri borgan sari salmoqli bo’lib 
bormoqda. Bunday texnologiyalar ishchi va xizmatchilarga mashina va 
mexanizmlarning ichki tuzilishini ko’rish hamda ularning faoliyatini kuzatish 
imkonini beradilar. Masalan, 
Gigi Capital
kompaniyasining baholashicha, 
AR
bozorining hajmi 2016 yilda 1 mlrd dollar bo’lgan bo’lsa, 2020 yilga kelib 90 
mlrd ga etishi mumkin ekan. 
Goldman Sakchs
ning bashoratlariga ko’ra esa 
virtual reallik dasturiy ta’minotining sotuv hajmi 2025 yilga kelib 9 mlrd dollarga 
yetar ekan. Raqamli iqtisod moliyaviy boshqaruv va moliyalashtirish sohasida 
ham bir qancha ajoyib imkoniytalar yaratdiki, ularsiz zamonaviy iqtisodiyotning 
barcha yangi usul va uslubiyatlarini ishlatish, raqobatli bozorda muvaffaqiyatga 
erishish va zamonaviy moliyaviy boshqaruv usullaridan samarali foydalanish 
mumkin bo’lmay qoldi. Masalan, quyidagi savollarga javob berish zamonaviy 
moliyaviy boshqaruvda hal qiluvchi faktorlardan biri bo’lib qolishi mumkin: 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
internet moliyaviy boshqaruvda qanday ahamiyat kasb etadi, qanday qilib omma 
(
crowd
) effektiga erishish mumkin, kraudsorserlarning motivlari nimalardan iborat 
va ularni qanday qilib qiziqtirish mumkin, nega hilma-xillik yaxshiroq natija beradi 
va boshqalar. Shunday va shunga o’xshash bir qancha sabablarga ko’ra, 
moliyachilar oldida kraudsorsing hamda kraudfondingning mohiyati va uning 
iqtisodiy ma’nosini o’rganish, kraud-loyihaning mexanizmi va amalga oshirilishini 
tushunish, investitsion rejaning byudjetini aniqlash, tarmoq kraudsorsingining 
hususiyatlarini ochib berish va ushbu moliyaviy texnologiyani mamlakatimiz 
korxonalari amaliyotiga tadbiq etish masalasi paydo bo’ldi. Hozirgi paytda 
kraudsorsong atamasining bir qancha aniqlanuvlari bo’lib, ulardan biri quyidagicha
- jamoa uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan muammolarni ko’ngillilar kuchi 
vositasida hal qilish yoki bir qancha ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan 
amallarni aniq bo’lmagan shaxslar jamoasiga topshirish. Lekin kraudsorsingning 
ushbu aniqlanuvida bir qancha kamchiliklar bo’lib, ularni to’g’ri hal qilish uchun, 
shu jumladan, kraudsorsing mehnizmini real biznesga tadbiq qilish imkoniyatiga 
ega bo’lish uchun kraudsorsingning quyidagi keng ma’nodagi al’ternativ 
aniqlanuvi ham taklif etiladi:
Kraudsorsing platformasi vositasida mahsulot yoki 
hizmatga qo’shimcha talab yaratish yoki muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal 
qilish hamda loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish yohud 
yangi mahsulot yaratish asosida insonlarni jalb qilish keng ma’nodagi 
kraudsorsing deb ataladi
. Chegaralangan ma’noda esa kraudsorsingni sinergetik 
effektga olib keluvchi kollektiv bilim va hatti-harakatlarni masofaviy usulda 
dunyoning turli nuqtalaridan turib, internet orqali 24/7/364 rejimida ishlatihsga 
asoslangan yangi interfaol ishlab chiqarish mexanizmi sifatida ham tushunish 
mumkin. Biz tadqiqotimizni huddi shu aniqlanuv asosida amalga oshiramiz. Bunda 
milliy, irqiy, bilim darajasi, professional mahorat kabilar bo’yicha insonlar bir-
biridan farq qilinmaydilar. Ko’pchilik insonlarni bunday usulda qandaydir ishlarni 
bajarishga jalb qilish faqatgina internet texnologiyalar asosidagina amalga 
oshirilishi mumkin, albatta. Sinergetik samaraga esa kraud-loyihalarga jalb 
qilingan insonlarning turli-tumanligi asosida erishiladi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin