1.5. Raqamli iqtisodiyotning asosiy rivojlanish yo’nalishlari
Agarda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi shartli ravishda 1990 yildan
boshlangan deb qabul qilsak, u holda uning quyidagi bosqichlari borligini qayd
qilishimiz mumkin:
1990-2005 yillar
: Raqamli iqtisodiyotning vujudga kelish davri bo’lib, bu davr
to’rt qismdan iborat ekanligini ko’rishimiz mumkin – dotkomlar davri, yangi
elektron hizmatlar ko’rsatish bozorlarining rivojlanishi, elektron biznesning yuzaga
kelishi va elektron tijorat.
2005-2010 yillar
: Raqamli iqtisodiyotning o’sish davri – bu davrda elektron
hizmat ko’rsatish boshlandi va yangi hildagi elektron mahsulotlar yaratildi.
2010-2015 yillar
: Raqamli iqtisodiyotning yetilish davri bo’lib, unda onlayn
imkoniyatlar yuzaga keldi va raqamli texnologiyalar an’anaviy biznesga ham asta-
sekinlik bilan kirib kela boshladi.
2015-2020 yillar
: Raqamli texnologiyalarning kutilmagan sohalarga kirib
kelishi va an’anaviy biznes modellarning transformatsiyasi hamda bir qancha yangi
elektron biznes modellarining paydo bo’lishi.
2020-2030 yillar
: Raqamli texnologiyalarning tizimli transformatsiyasi amalga
oshirilishi, ya’ni, raqamlashtirishni tizimli yondoshuv asosida amalga oshirib,
ularni kriptotizimlarga suyangan holda sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
4.0-Industriya
biznesning
va
mamlakatning
global
miqyosdagi
raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish va boshqaruvda raqamli
texnologiyalar texnik va dasturiy ta’minotlari vositasida tub o’zgarishlarni amalga
oshirishdir. Demak,
4.0-Industriya
o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va
boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi
zanjirlararo (
insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo
)
raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir.
Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy
sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bu mamlakatning
global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada
oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy
mustaqillikni ta’minlab beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga izchil tadbiq
qilish quyidagilarga erishishga imkon beradi:
Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni
yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi;
Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan,
tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy
ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;
Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini
ta’minlaydi;
Mamlakatdagi
turli-tuman
kompaniyalarning,
firmalarning,
davlat
korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;
Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan tashkilotlar hosil
bo’lishiga olib keladi va boshqalar.
Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini
amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak:
O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;
Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini
yaratish;
|