Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Uyda ko’rsatiladigan hizmatlar
– 
on-demand household services

Uy-joydan birgalikda foydalanish
(
peer-to-peer accommodation


Transportdan birgalikda foydalanish
(
peer-to-peer transportation

Raqamli iqtisodning yana boshqa bir hizmatlari, shu jumladan, big data, sun’iy 
intellect, mashina vositasida ta’lim berish, kraudsorsing, kraudfunding, blokcheyn 
va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ boshqaruvda hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari yaqqol 
ko’rsatib turibdi. Masalan, kraudsorsing va kraudfunding texnologiyalari 
kompaniyaning oyoqqa turib olishini, rivojini va raqobatbardoshliligini ta’minlash 
uchun hizmat qiladi. Agarda kraudsorsing jamoaviy tafakkur bo’lsa, kraudfunding 
jamoaviy moliyaviy mablag’lar yig’sh mexanizmi deb hisoblaniladi. Ish ko’lami, 
faoliyat turi va kattaligidan qat’iy nazar, turli xil loyihalar uchun moliyaviy 
mablag’lar yig’ish texnologiyasi bo’lgan kraudfundung barcha kompaniyalar 
uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan unikal moliyaviy mexanismdir. Misol sifatida, 
Rosiya bozorida ham bir qancha yirik kraudfunding platfiormalari bo’lib, ular 
kraudfunding loyihalarining amalga oshishiga ko’mak berib turadilar. Eng 
ommabop kraudfundung platformalar 
planeta.ru
va 
Boombaster
2012 yilda tashkil 
qilinganlar. Hozirgi paytda esa bunday platformalarning soni 30 dan oshib ketgan. 
Planeta.ru
tomonidan sakkiz mingta loyihaga 660 mln rubl yig’ilgan bo’lsa, 
Boombaster
tomonidan huddi shu vaqt intervali davomida 1,5 mingta loyihaga 330 
mln rubl yigilgan. Ammo huddi shu davrning o’zida taniqli xorijiy kraudfunding 
platforma 
Kickstarter
tomonidan 3 mlrd dollar mablag’ yig’ilib, 126 mingta 
muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan.


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Korporativ boshqaruv uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiya 
blokcheyn bo’lib, u nafaqat virtual pullar bo’yicha operatsiyalarni amalga oshira 
oladi, balki u yangi turdagi biznesning arxitekturasi ham bo’la oladi. Raqamli 
iqtisodiyotning kelajakda rivojlanishida ushbu progressiv texnologiya dunyo 
miqyosida yanada ommabop bo’lib ketishi kutilmoqda. Bulutli texnologiyalar ham 
kelajak korporativ va moliyaviy boshqaruv uchun alohida ahamiyatga molik 
bo’lib, virtual iqtisodiyot uchun yangidan-yangi va kutilmagan imkoniyatlar 
yaratmoqda. 
Ma’lumotlarni 
bulutli 
uslubiyatda 
saqlash 
va 
on-line 
texnologiyalardan foydalanish ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash hamda 
operatsion harajatlarni keskin qisqartirishga shart-sharoitlar yaratmoqda. Masalan, 
hozirgi kunda 
Amazon
bulutida 10 mingta serverni ijaraga olish soatiga tahminan 
90 dollarga tushmoqda. Bu esa ushbu turdagi hizmatlarning narxini yanada 
pasayishini bashorat qilishga va respublikamizda ham bunday texnologiyalarda 
keng miqyosda imkon beradi hamda keyinchalik bu texnologiyalardan kichik va 
o’rta biznes ham bemalol foydalana oladi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin