Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
mobil ilova yaratish loyihasi
Facebook
korporatsiyasi
tomonidan
Samsung,
Ericsson, Nokia
va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda yaratilmoqda. Bu
loyiha bo’yicha ijtimoiy ahamiyatli saytlarni ko’rib chiqish uchun kerakli bo’lgan
trafik bepul bo‘ladi.
Facebook
ning yana bir loyihasi uchuvchisiz apparatlar –
dronlar yordamida internet tarmoqlari yaratishdir. Bunga misol sifatida 2016 yil
iyulida ishga tushirilgan quyosh batareyalarida ishlaydigan uchuvchi qurilma
Aquila
ni keltirish mumkin. Uning qanotlari uzunligi 42 metr, og’irligi esa 450 kG
bo’lib, 90 kun davomida parvozda bo‘lishi mumkin (.
Bu loyiha amalga
oshirilganidan so’ng,
Facebook
borish qiyin bo’lgan xududlardagi barcha uylarda
internetning beto’tov ishlashini ta’minlashi mumkin bo’ladi. Rivojlangan
mamlakatlarda mobil qurilmalar orqali internet va kontentning iste’moli
miqdori
internetga boshqa qurilmalardan bo’lgan chiqishlardan ko’ra ancha ko’proqdir.
Bunga asosiy sabab, uyali aloqa operatorlari tomonidan
mobil internet narxining
kamaytirilishi va smartfonlarning sotuvi ko’payishidir. Masalan, 2015 yil avgust
oyida jahondagi mobil qurilmalar soni dunyo bo’yicha
yalpi aholi sonidan oshib
ketdi (
we are social, avgust 2015
). Internetga mobil qurilmalardan chiqishlar vaqti
ko’pchilik mamlakatlarda 50% dan ortib ketdi. Masalan, bu ko’rsatgich Kanadada
52% ni, Britaniyada 56% ni, AQSH da 61% ni tashkil qiladi (
comScore, mart
2015
).
Dostları ilə paylaş: