Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə362/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Forrester Research
ning ma’lumotlariga ko’ra, 65% marketologlar mobil 
marketingdan foydalanadilar, ulardan 45% qismi esa mobil elektron pochta 
yordamida reklamani amalga oshiradilar (
digital brending // brend management, 
№1 (80), 2015, c.25
).
Keyingi yillarda messenjerlar bozorining keskin rivojlanishi va komp’yuter 
o’yinlarining ommaviylashuvi kuzatilayapti. Masalan, 
Pokemon Go
o’yining tezlik 
bilan ommaviylashuvi bunga bir yaqqol misol bo’la oladi. 
Facebook
ning 2014 yil 
4-choragidagi mobil reklamadan oladigan daromadi ijtimoiy saytdagi jami 
reklamaning 69% ni, uning foydalanuvchilari soni esa bir milliarddan oshib ketdi.
tashkil qildi. Bundan tashqari 
Facebook
avtomatik ravishda ko’rsatildigan 15 
soniyali videorolikdan iborat bo’lgan mobil reklamaning yangi formatini taqdim 
qildi (
http://rbcdaily.ru/media/562949991966597
). Hozirgi kunga kelib, 
Google, 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Facebook
va 
Yandex 
juda katta hajmdagi mobil trafikni amalga oshiruvchi mobil 
ekotizimlar bo’lib qoldi. Bulardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, 
dnuyo hozirda mobil internet va mobil tijorat davriga kirib keldi deyish mumkin. 
Bunday davr esa o’z navbatida birinchidan, offlayn “
bricks and mortar
” dan online 
biznesga o’tishni, ikkinchidan, “
click business
” ko’rinishidagi biznes-modellarning 
100% online turlarini yaratishni va uchinchidan, “
click and mortar
” turidagi offline 
biznesga online uskunalar joylashtirshni talab qiladi.
Keyingi davrlarda inson hayotiga va jamiyatga ijtimoiy saytlar ta’sirining 
yanada kuchayishi kuzatilayapti. Masalan, 2019 yilning fevral oyida dunyo aholisi 
7,676 milliard bo’lgan holda, internet foydalanuvchilari soni 4,388 milliard nafar 
bo’lgan (57%), ijtimoiy saytlarda qayd etilganlar soni 3,484 milliard inson bo’lgan 
(45%) va 5,112 milliard inson mobil qurilmalarga ega bo’lganligi (67%) ma’lum 
bo’ldi 
(
https://www.web-canape.ru/business/vsya-statistika-interneta-na-2019-
god-v-mire-i-v-rossii/
). Bu borada 
Davos
halqaro forumi asoschisi Klaus 
Shvabning quyidagi iborasini keltirishimiz mumkin “
Ijtimoiy saytlar marketing 
dunyosini 
o’zgartirib, 
milliardlab 
insonlarni 
reklama 
beruvchilarga, 
savdogarlarga va iste’molchilarga aylantirib yubordi
” (
BCG The Boston 
Consulting Group, 2015, p.72
). 
Next
deb nomlangan yangi avlodning vakillari o’z 
kommentlarini qoldirgan, fikrlarini boldirga va “do’stlar” sifatiddavraga kirgan 
shaxslarga ko’proq ishonadilar va shuning uchun ham ijtimoiy saytlar o’z 
faoliyatlarida xuddi shu xususiyatlarga aloxida axamiyat bera boshladilar. 
Jahondagi real xolat shuni anglatayaptiki, ko’pchilik internet foydalanuvchilari 
ijtimoiy saytlarda bundan keyin ham yangi profillar ochveradilar va o’z 
do’stlarining sonini oshirishga harakat qiladilar. Shu tufayli korporatsiyalar ham 
ijtimoiy saytlarda o’zlarining korporativ akkauntlarini hamda guruhlarini ochib, 
ko’chilikni ularga jalb qilaberadilar, chunki bu amal elektron peklamaning 
samarador vositalaridan biri bo’lib qolaveradi. 

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin