Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə372/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Hulosa va takliflar 
Davlatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari 
information texnologiyalar va elektron hujjat aylanishi sohasida bir qancha yangi 
samarali yo’nalishlar hosil bo’lishiga olib keladi. Raqamli iqtisodiyotning 
rivojlanishiga asosiy turtkilardan biri bo’lib, jahon miqyosidagi internet tizimining 
barqaror ishlashi va sifatli aloqaning mavjudligi sabab bo’ldi. Bu imkoniyatlar 
natijasida katta hajmdagi ma’lumotlarni almashinishni amalga oshirilishi hamda 
ularni saqlash va qayta ishlash mumkin bo’ldi. Bu esa o’z navbatida aniqroq 
bashorat 
qilish, 
asoslangan 
yechimlar 
qabul 
qilish 
hamda 
hisoblash 
imkoniyatlaridan unimli foydalanishga yo’l ochadi. Bunday ishlarni amalga 
oshirish uchun esa global information platformalar ko’rinishidagi infratuzilma 
talab etiladi, albatta. Ammo bunda bir qancha tavakkalchiliklarga duch kelish 
ehtimoli vujudga keladi, shu jumladan, ma’lumotlarni yo’qotish ehtimolligi, 
biznesni yoqotib qo’yish ehtimolligi, ish joylarining kamayib ketishi, havfsizlikka 
putur yetishi va modernizatsiya qilish zaruriyati. Bu muammolarni iloji boricha tez 
hal qilish kerak bo’ladi, aks holda kechikich, katta zararlarga olib kelishi mumkin. 
Chunki boshqa rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyot faol ravishda va tezkorlik 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
bilan elektron ko’rinishga o’tkazilmoqda. Iqtisodiyotni raqamlashtirishda quyidagi 
savollarga alohida ahamiyat berish kerak bo’ladi: 

Iqtisodiyotni raqamlashtirsh qanday natijalarga olib keladi? 

Bunday yangi sharoitlarda harakat dasturi qanday bo’lishi lozim? 

Iqtisodiyotni raqamlashtirishda nimalarga asosiy diqqat-e’tiborni qaratish 
kerak? 
Kelajak nuqtai-nazaridan raqamli iqtisodiyotni qanday tasavvur qilish 
mumkin? Fikrimizcha, bu ob’ektiv jayon bo’lib, uni to’xtatib turishga bizda imkon 
yo’q. Ammo har qanday rivojlanayotgan jarayon singari, unda ham ijobiy hamda 
salbiy tomonlar mavjud. Eng birinchi navbatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish 
va qo’l mehnatini texnologiyalar bilna almashtirilishi hisobiga ish o’rinlari ancha 
miqdorga kamayadi. Ijobiy tomonlar esa qulaylikning vujudga kelishi, ishlab 
chiqarish unumdorligining oshishi, oldin hayolga ham kelmagan yangi 
imkoniyatlarning paydo bo’lishidir. Ammo asosiy muammo bunda ham emas, 
muammo inson bilan bog’liq – inson ham bunday global o’zgarishlarga tayyormi? 
Ilg’or texnologiyalar katta siyosiy g’alayonlar, to’qnashuvlar, misli ko’rilmagan 
tabaqalanishlar, millatchilik, tushunmovchiliklar va inqiloblarga olib kelmaydimi? 
Robotlar va sun’iy intellect tizimlari insonlar o’rnini egallab olib, ularning 
raqobatchilariga aylanmaydimi? Chunki raqamli transformatsiya insoniyat 
evolyutsiyasining yana bir bosqichidir. Agar tarixga nazar solsak, bunday 
o’zgarishlar ko’p martalab sodir bo’lgan. Yangi texnologiyalar hosil bo’lib, ular 
odatiy mutaxassisliklarning o’rning egallaganlar. Ammo bularning natijasida 
insonlar ko’pchilik xollarda manfaat ko’rganlar holos. Moslasha olmaydiganlar 
uchungina bunday jarayonlar yomon bo’lib chiqqan, albatta. Lekin, ko’pchilik 
insonlar moslasha oladilar va buning natijasidan insoniyat hayoti yanada farovon 
va yanada yaxshi bo’lib boraveradi. Endi yuqoridagilardan kelib chiqqan holda
hulosa sifatida kriptovalyutalar bilan bog’liq bir qancha taklif va mulohazalarni 
yoritib o’tamiz. Pullarni har kim va har kuni ishlatishiga qaramay, pul nima o’zi? - 
degan savolga ko’pchilik insonlar to’g’ri javob bera olmaydilar. Pulni absolyut 



Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin