Ovozli interfeyslar dizayneri – insonning raqamli yordamchilar, chat-botlar,
personal robotlar bilan ovozli muloqot qilishiga imkon beradigan interfeyslarni
yaratadi, sun’iy intellekt javob reaktsiyalarining algoritmlarini tuzadi.
Buyumlar interneti interfeyslari dizayneri – qurilmalarning turli-tumanligi va
ularni boshqarish usullarining xilma-xilligini hisobga olgan holda buyumlar
interneti tizimlarining interfeyslarini loyihalashtiradi.
Ma’lumotlar havfsizligi bo’yicha muhandislar – Ma’lumotlarni raqamlashtirish
va shifrlashning havfsizligini hamda konfidentsiyalligini ta’minlab beradi,
tashkilot ichidan va uning tashqarisidan ma’lumotlarga ruhsat berilmagan
kirishlarga nisbatan himoyani amalga oshiradi.
Robototexnika operator-muhandisi – ishlab chiqarishda va hizmat ko’rsatishda
ishlatiladigan robototexnik komplekslarning boshqaruvini amalga oshiradi va
ularning maqsadga muvofiq ravishda ishlashini ta’minlab turadi.
Ma’lumotlar bilan ishlay oladigan mutaxassislar – katta ma’lumotlar
massivlari bilan ishlay oladi, ularni qayta ishlash va analizi bilan shug’ullanadi,
statistik analiz usullaridan foydalangan xolda jarayonlarni o’rgana oladi va ular
asosida kerakli bo’lgan matematik modellar quradi. Matematik modellardan
foydalangan holda qonuniyatlarni topadi hamda biznes va fan-texnika
rivojlanishining bashoratlar qila oladi, jarayonlarning eng optimal rejimlarini
hisob-kitoblar orqali aniqlay oladi.
Informatsion texnologiyalar bo’yicha huquqshunos (IT-yurist) – raqamli
iqtisodiyot sharoitlarida biznes yuritishning huquqiy ta’minotini amalga oshiradi.
Mamlakat va chet ellardagi bu soha bo’yicha barcha qonunlarni yaxshi biladi va
globalizatsiya sharoitlarida to’g’ri va aniq huquqiy hulosalar bera oladi.