Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Raqamli marketolog (e-marketing bo’yicha mutaxassislar)



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə397/442
tarix12.09.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#142699
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   442
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Raqamli marketolog (e-marketing bo’yicha mutaxassislar) 
– auditoriya bilan 
raqamli kanallar orqali, shu jumladan, internet, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli 
telebideniy, ijtimoiy media va turli hildagi raqamli qurilmalar orqali muloqot 
qilgan holda mahsulotlar va hizmatlarni faol ravishda reklama qiladi. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Ijtimoiy va mobil marketing (social and mobile marketing) bo’yicha 
mutaxassislar 
– huddi shu sohalar bo’yicha turli hildagi loyihalarni rivojlantirish 
va hayotga tadbiq qilish bilan shug’ullanadi, shu jumladan, ijtimoiy marketing, 
mobil ilovalar, mobil marketing va boshqalar. 
Aqlli texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar 
– inson hayotining barcha 
sohalariga taalluqli bo’lgan barcha turdagi aqlli texnologiyalar bilan shug’ullanadi, 
shu jumladan, aqlli uy, aqlli shahar, aqlli transport, fitness brasletlar, smartfonlar, 
intellektual o’yin konsollari, aqlli soatlar, aqlli qishloq ho’jaligi va boshqalar. 
Raqamli prodyuser 
– ko’p platformali murakkab medialoyihalarni boshqaradi, 
hamda ishlab chiqarishdagi raqamli imkoniyatlarni amalga oshiradi, mobil ilovalar, 
mul’timedia adabiyotlar, videoo’yinlar, onlayn kurslar va web-seriallar yaratadi. 
Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko’rsatgichlari va rivojlanishining o’ziga hos 
hususiyatlari:

Internet paydo bo’lmasdan avval mumkin bo’lmagan yangi turdagi 
hizmatlarning yuzaga kelishi
.
1990 yildan hozirgi davrgacha qadar internet 
tarmog’i va information texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanishga 
asoslangan bir qancha yangi mahsulotlar va hizmatlar bozorlari paydo 
bo’ldi. Masalan, messenjerlar, agregatorlar, internet qidiruv tizimlari, 
internet reklama, elektron couching, elektron ta’lim va boshqalar. Yangi 
turdagi hizmatlarning paydo bo’lishiga yaqqol misol bo’lib, elektron savdoni 
keltirishimiz mumkin. 2017 yil ma’lumotlariga ko’ra, elektron savdo 
Angliyada 13.6% ini, Germaniyada 13,1% ni, Rossiyada chakana savdonng 
4,2% ni va Xitoyda 9.6% ni tashkil qilgan. Xitoy internet savdosining 2015 
yildagi aylanmasi esa 400 millard dollar atrofida bo’lganligi qayd etilgan. 
Hozirgi davrda ijtimoiy tarmoqlarning ham ommaviyligi borgan sari ortib 
bormoqda. Jamiyatning rivojlanishi elektronbiznesning rivojlanishi va 
boshqarilishi uchun yangidan-yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda. 
Masalan, ma’lumotlarni bulutli usulda saqlash va ularni boshqarish 
hizmatlari biznes uchun misli ko’rilmagan imkoniyatalar yaratib bermoqda. 


Toshkent Moliya instituti 
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
Endi firma va tashkilotlar ish yuritish uchun ofis maydonlari, data-markazlar 
talab qilmaydilar, information tizimlar yaratishga esa katta miqdordagi 
investitsiyalar jalb qilishning hojati qolmaydi. 


Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   442




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin