Uchuvchisiz boshqaruladigan qurilmalar - dronlar bo’yicha mutaxassislar –
inson faoliyatining turli sohalarida, shu jumladan, sanoatda, logistikada, qishloq
ho’jaligida, transportda dronlardan foydalanish masalalari bilan shug’ullanadilar.
Sun’iy intellekt bo’yicha mutaxassislar – iqtidoiyotning turli sohalarida sun’iy
intellekt tizimlarini yaratish va undan samarali ravishda foydalanish masalalari
bilan shug’ullanadilar.
Bilimlar injeneriyasi (knowledge management) bo’yicha mutaxassislar – turli
sohalarga oid malakali mutaxassislar va o’qituvchilarnng bilimlarining bankini
yaratish va undan foydalanish masala va muammolari bilan shug’ullanadilar.
Buyumlar interneti arxitektorlari – tarmoqqa bir qancha turli qurilmalarning
tarmoqqa ulanishini, real vaqt rejimida ma’lumotlarning uzatilishi va qayta
ishlanishini, ma’lumotlarning optimal saqlanishinihamda tizimlarning
kiberhavfsizligini ta’minlab beradi.
Bioinformatik – amaliy tibbiy bioma’lumotlarni tahlil qiladi, turli hildagi
masala va muammolarni hal qilish uchun hisoblash usullaridan amaliyotda
foydalanadi, shu jumladan, genlarning funktsiyalarini va ularda shifrlangan
oqsillarining funktsiyalarini bashorat qilishda, yangi va samarali shifo vositalarini
yaratishda hamda turlarning xosil bo’lish jarayoni modellarini yaratishda.
Data-jurnalist – raqamli dunyidan olingan hayotiy ma’lumotlar asosida turli
xildagi reportajlar yozadi va natijada matn va unda keltirilgan faktlar hamda
muallifning fikrlari sonli asosga hamda isbotga ega bo’ladi.
Virtual muhit dizayneri (VR-arxitektor) – virtual olamni boshqalarga namoyish
qilish uchun mo’ljallanilgan texnik qurilmalar va dasturiy ta’minotni yaratish bilan
shug’ullanadi, uning dizaynini ishlab chiqadi hamda bular vositasida interaktiv
syujetlar yaratadi.
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva