Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
kompaniyalar, ijtimoiy tarmoqlar,
messenjerlar,
eBay
,
AVITO
lar yohud
an’anaviy of-line biznesga o’z elektron tijorat kanallarini joylashtirgan
savdo tarmoqlari, internet magazinlar va logistik kompaniyalar mavjud.
Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes-analitika tahlili asosida biznes uchun
yangi g’oyalar qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga
oshirish imkoniyatini yaratib berdi.
Bu esa potentsial mijozlarning
innovatsion kutishlariga nisbatan reaktiv ravishda ta’sir qilish imkonini
yaratdi.
Bunday ishlar natijasida
Google Analitics
va
Яндекс.Метрика
kabi bepul servislar hosil bo’ldi.
Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy tsikli ancha kamayishi
bilan ham tavsiflanadi.
Bu esa ko’plab yangi
smartfonlar modellarining,
kompyuterlarning, mobil ilovalarning, komp’yuter o’yinlarining yangi
versiyalarining tezkorlik bilan paydo bo’lishiga turtki bo’ladi.
Bir qancha
olimlar va mutahassislarning fikrlaricha, transportda ham yangi innovatsion
transport tizimlari paydo bo’lishi kutilmoqda. Masalan, magnit-levitatsion
vositalar, vakuumli transport vositalari,
Hyperloop
tizimlar
va boshqalar
bularga yaqqol misol bo’lishi mumkin.
Kollektiv bilimlardan foydalangan holda innovatsion g’oyalarni
generatsiya qilish
(
mass collaboration, kraudsorsing
),
mahsulot va
hizmatlar ishlab chiqarish, yangi innvovatsion loyihalarni moliyalashtirsh
(
kraudfunding
).
Dostları ilə paylaş: