Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
quvvati esa bir sekundda 56 ming tranzaktsiyadir. Bitkoinning blokcheyni bank
muassasalaridan printsipial jihatdan farq qiladi. Blokcheyn har bir amalning izini
saqlab turadi, ammo unda foydalanuvchilarning hisob raqamlari balansi bo’lmaydi.
Demak, agarda hamyon adresi raqamini yo’qotib qo’ysangiz, hisob raqamingizni
tiklashning imkoni bo’lmaydi. Foydalanuvchilar ikkita kalit bilan bog’liq bo’lgan
adresli hamyonga ega bo’ladilar. Kalitlar esa asimmetrik shifrlash tizimi
yordamida ochiq va yopiq kalitlar vositasida ishlaydilar. Yopiq kalit hamyonda
saqlanadi, ochiq kalit esa blokcheynga yozib qo’yiladi va demak uni hech qachon
bilib bo’lmaydi. Shuning uchun ham huddi real hayotdagi kabi, hamyoningizni
zinhor yo’qotib qo’ymang. Agarda yopiq kalitingizni yo’qotib qo’ysangiz, u bilan
bog’liq bo’lgan bitkoinlarni ham yo’qotasiz. Bunday hodisa angliyalik Djeyms
Hovell bilan 2009 yilda ro’y bergan. U shu yili 7500 ta bitkoin sotib olgan, ammo
adres saqlangan diskni ishga yaroqsiz qilib qo’ygan va bu uning hozirgi payt
hisobidan katta pullarni yo’qotishiga olib kelgan. Bitkoinning joriy narxi iqtisodiy
jarayonlarga va valyuta bozori xolatiga bog’liq. Bu masalada ham
Dostları ilə paylaş: