Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Haqiqatan ham bitkoin tarmog’ida foydalanuvchining shaxsi uning istagiga
muvofiq o’zgartirilishi mumkin bo’lgan kriptografik nom (
psevdonim
) orqali
yashirilgan. Barcha tranzakstiyalar psevdonim bilan imzolanadilar va ularning
to’g’riligini tekshirish hamda bitkoinlarni yangi egalariga topshirish uchun ular
umumiy tarmoqqa uzatiladilar. Shaxsning kim ekanligi boshqa vositalar yordamida
ham bitkoin adres bilan bog’lanishi mumkin. Bu ish amalga oshganida
blokcheynning tarixini tiklash orqali bu shaxsning o’tmishdagi amallarini bilib
olish mumkin. Individual ishtirokchining anonimlikni bir martagina buzishi ushbu
shaxsning barcha bitkoin-tranzaktsiyalarini bilib olishga imkon beradi. Agarda
hamkoringiz sizni yaxshi biladigan biror bir inson bo’lsa, u ochiq ma’lumotlar
yordamida sizning potfelingiz balansini bilib olishi ham mumkin. Agarda
hamkoringiz siz ma’lumotlar berishingiz kerak bo’lgan biror bir tashkilot (
bank,
davlat, ijtimoiy tarmoq va boshqalar
) bo’lsa, u xolda ushbu tashkilot siz
haqingizdagi barcha ma’lumotlarni biladi va uning komp’yuter vositalari sizning
blokcheyndagi ma’lumotlarinigizni bilib olishi ham mumkin. Masalan, agar siz
qandaydir saytdan bitkoin to’lash orqali biror bir mahsulot sotib olsangiz,
taabiiyki, unda o’z ma’lumotlaringizni qoldirasiz va bu bilan ushbu saytga
blokcheynga kirish va siz haqingizdagi ma’lumotlarni bilib olish imkonini
yaratasiz. Bitkoin tizimi
Dostları ilə paylaş: