proof of work consensus
mexanizmiga olib keladi. Blokcheyn texnologiyasi vizantiya generallari
masalasining ilk va birinchi yechimidir. Shunday qilib, bitkoin blokcheyni
misolida insoniyat tarixida birinchi bora omma uchun ochiq va har bir inson uchun
havfsiz bo’lgan reestr hosil qilish va uni saqlash mexanizmi yaratildi. Yuber de
Woplanning
Finyear jurnalida nashr qilingan maqolasida ko’rsatilishicha:
“Qanday qilib blokcheyn tarmoqning turli mamlakatlarda istiqomat qiladigan ikki
a’zosi orasida xatoliklarsiz ishonch hosil qilishga yordam beradi? Bu “
vizantiya generallari muammosi ” deb nomlanadigan matematik masala bo’lib, u birgalikda
ishlaydigan information komplekslarning rad etishlik yoki qasddan qilingan xatti-
harakatlardan qutula olishligini anglatadi. Ya’ni, tizim uning ba’zi bir tarkibiy
qismlari yolg’on yoki zararli ma’lumotlarni jo’natganida ham o’z ishonchliligini
yo’qotmasili lozim. Ushbu muammoni hal qilish uchun ishlab chiqilgan protokol
kriptografik sistemalardan foydalanadi. Bu esa o’z navbatida maynerlar tomonidan
katta hisoblash quvvatiga ega bo’lgan komp’yuterlar ishlatishni talab qiladi.
Maynerlar o’ziga hos agentlar bo’lib, ular markazlashmagan ma’lumotlar bazasini
doimiy ravishda yangilab turish uchun hisoblash quvvatlarini taqdim etadilar (
biz ko’rayotgan holda bitkoinning yoki tranzaktsiyalar ruyhatining ma’lumotlar bazasini ). Ma’lumotlar bazasini yangilash uchun maynerlar ma’lumotlarni
deshifrovka qilish orqali yangi bloklarni tasdiqlashlari lozim bo’ladi. Maynerlar
soni qanchalik ko’p bo’lsa, masala yechimini topish ham shunchalik qiyin bo’ladi.
Tarmoqning har bir tugunida raqobat qanchalik kuchli bo’lgan xolda ham protocol
o’zgarishsiz qoladi. Bu esa maynerlarning hech bir guruhi ko’pchilik bo’lmasligiga
olib keladi”.