Mathcad dasturida +, *, -, / ga o‟xshash oddiy operatorlardan tashqari yana bir qancha
operatorlar mavjud. Masalan matrisani Transponirlash, determinantini hisoblash yoki integral va
hosilani hisoblashning maxsus operatorlari qo‟llaniladi.
Operatorlar ro‟yxati.
Ko‟pgina operatorlarni operatorlar palitrasidan foydalanib ishchi hujjatga kiritish mumkin.
Quyida operatorlarni klavishlar yordamida qanday hosil qilish mimkinligi keltirilgan. Bu
keltirilgan jadvalda quyidagi belgilashlar ishlatiladi:
- A va B massivlarni ifodalaydi. (vektor va matrisalar);
- u va v haqiqiy va kompleks elementli vektorlar;
- M kvadrat matrisani ifodalaydi;
- z va w haqiqiy va kompleks sonlarni ifodalaydi;
- x va y haqiqiy sonlarni ifodalaydi;
- m va n butun sonlarni ifodalaydi;
- i- diskret argumentni ifodalaydi;
- t- ixtiyoriy o‟zgaruvchi;
- f funksiyani ifodalaydi;
- X va Y o‟zgaruvchi yoki turli ifodalar.
Dostları ilə paylaş: