10-mavzu. Mutaxassisliklarga ixtisoslashgan tizimlar va dasturlar
Reja:
1.
Ixtisoslik bo‟yicha maxsus dasturiy vositalar (MATLAB, MATHCAD).
2.
Mathcad dasturida oddiy hisoblashlar.
3.
Mathcad dasturida grafiklar.
Hozirgi vaqtda kompyuterlarda ilmiy-texnikaviy hisoblashlarni
bajarishda odatdagi
dasturlash tillaridan va elektron jadvallaridan emas, balki Mathematica, MatLab, Maple, Gauss,
Reduse, Eureka va boshqa turdagi maxsus matematik dasturlar keng qo‟llanilyapti.
Matematik paketlar, ayniqsa Mathcad – yuqorida sanab o‟tilgan ro‟yxat ichida eng mashhur
paket bo‟lib, ilmiy – texnikaviy soha mutaxassislariga dasturlashning nozik elementlariga e‟tibor
berilmasdan (masalan: Fortran, C, Paskal, BASIC va boshqalar kabi)
kompyuterda matematik
modellashtirishni amalga oshirishga katta yordam beradi. Quyida
Mathcad matematik dasturlash
muhitida ishlashning yaqqol ajralib turadigan imkoniyatlarini sanab o‟tish mumkin:
Mathcad
muhitida
matematik ifoda, qabul qilingan ko‟rinishda ifodalanadi. Masalan,
daraja
yuqorida,
indeks pastda, integralning yuqori va quyi chegaralari esa an‟anaviy
joyida turadi.
Mathcad
muhitida “dasturlashni” tuzish va ularning bajarilish jarayoni parallel kechadi.
Foydalanuvchi
Mathcad
– hujjatida
yangi ifoda kiritar ekan, uning qiyMatni bira to‟la
hisoblash va ifodani kiritishda yo‟l qo‟yilgan yashiringan xatoliklarni grafigini ko‟rish
imkoniyati ham mavjud.
Mathcad
paketi yetarli darajada qudratli matematik
apparat bilan qurollanganki, ular
orqali tashqi pratseduralarni chaqirmasdan turib paydo bo‟ladigan
muammolarni hal
qilishimiz mumkin.
Mathcad
xos bo‟lgan ayrim hisoblovchi qurilmalarni sanab o‟tmoqchimiz:
1.
Chiziqli va chiziqli bo‟lmagan algebraic tenglama va sistemalarni yechish;
2.
Oddiy differensial tenglama va sistemalarni (Koshi masalasi va chegaraviy masala)
yechish;
3.
Xususiy hosilali differensial
tenglamalarni yechish;
4.
Berilganlarni static qayta ishlov berish(interpolyatsiya, ekstrapolyatsiya, approksimatsiya
va ko‟pgina boshqa amallar);
5.
Vektor va matritsalar bilan ishlash (Chiziqli algebra va boshqalar);
6.
Funksional bog‟liqlikning maksimum va minimumini izlash.