Gospital xirurgiyasi
213 Sahifa
Differentsial
tashhisni varikoz kasalligi, Parks-Veber sindromi, yurak
va buyrak kasalliklari, chanoq o’smalari, limfedema kasalligi bilan
o’tkaziladi.
Davolash kompleks tarzda olib boriladi.
Konservativ davo:
1)
elastik bintlar taqish;
2) siydik haydovchi vositalar;
3) ratsional ishga joylashtirish;
4) desensibilizatsiya qiladigan davo;
5) mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydigan vositalar;
6) trofik yaralarda
antibiotiklar va antiseptiklar, proteolitik
fermentlar tayinlanadi;
7) dermatitlar hamda ekzemada tarkibida rux yoki talk bo’lgan
aralashmalar, ftorokort, flutsinar, kuriozin.
8) fleboprotektorlar.
Jarrohlik usulida davolash. Quyidagilarni amalga oshirish uchun
ko’p sonli amaliyotlar taklif qilingan:
1. Paydan taqim venasi ekstravazal klapanini yaratish (Psatakis
jarrohlik amaliyoti).
2. Zararlangan oyoqdan sog’lom tomoniga kesishma autovenoz
qov usti safeno-son shunti orqali qon oqib
ketishini vujudga keltirish
(Palma jarrohlik amaliyoti).
3. Venaning zararlangan sohasini teri osti venasidan olingan
transplantat bilan almashtirish.
PTFS ni davolashda yuzaki va kommunikant venalardagi jarrohlik
amaliyotlari (Bebkokk bo’yicha flebektomiya, Linton, Kokket,
Felder
jarrohlik amaliyotlari hamda endoskopik usulda perforant venalarni
bog’lash) va fastsioplastika eng ko’p tarqalgan. Operatsiyadan keyingi
davrda doimiy elastik bintlash tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: