Kompyuter grafikasini qo‗llanish sohalari
Kompyuter grafikasi bir necha turlarga bo‘linadi: tijorat (ish
bo‗yicha), tasvirli, namoyish qiluvchi, animatsiyalovchi, muxandislik va
ilmiy. Bu sinflarning xar biriga tegishli grafik vositalari asosiy
108
xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Tijorat kompyuter grafikasi. Axborot
marketingi kompyuter grafikasi vositalari qo‗llanishining eng keng va
turli-tuman soxasidir. ShK yordamida qurilgan interaktiv grafiklar,
diagrammalar, rasmlardan ko‗pincha moliyaviy iqtisodiy taxlilni
o‘tkazish uchun hamda rejalashtirish va marketing qarorlarini qabul
qilishda qulay vosita sifatida foydalaniladi. Tijorat kompyuter
grafikasining dasturiy vositalari tufayli byudjet, tovarlarning mavjudligi,
pul mablag‗larining xarakati, foydaning miqdorlari, foiz stavkalari,
sarmoya kiritishdan daromadlar, buyurtmalar «portfeli»ning holati
haqidagi ma‘lumotlarga ega xar xil interaktiv grafiklar va
diagrammalarni tayyorlash mumkin.
Illyustrativ kompyuter grafikasi
Tovarni har tomonlama mos, chiroyli ko‘rsata olishlik bozor
jamiyati uchun juda xos. Bunda xamma narsa tovarning sifatiga bog‗lik.
Masalan, o‗zi, o‗z tovari yoki kompaniyasi haqidagi axborotni qanday
berishning belgilangan madaniyati vujudga kelgan. Xususan, axborot
soxasi tovarlarini reklama qilish uchun illyustrativ kompyuter
grafikasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
Illyustrativ grafika vositalari sifatli mashina tasvirlari, illyustrativ
matnlar, chizmalar, eskizlar, geografik xaritalarni yaratish uchun xizmat
qiladi. Tijorat kompyuter grafikasi sinfining grafik vositalardan farqi
idrok, illyustrativ grafiklar sinfining dasturiy vositalarida sifatli
tasvirlarni olish birdan-bir maqsaddir va uni aloxida tahlil qilish talab
qilinmaydi. Ushbu sinfning dasturiy vositalari oddiy va tez usudda
tarkibiy qismlarni yig‗ishga hamda grafik ob‘ektlarni o‗zgartirishga
imkon beradi.
Hozirda kompyuter grafikasining bu sinfi vositalari keskin
rivojlanmoqda.
Kompyuterlashtirilgan
reklamaning
zamonaviy
shakllaridan biri bo‗lib, u zamonaviy reklamani kompyuter grafikasi
usullari va vositalari yordamida yaratish va tarqatishning tubdan yangi
shaklidir.
|