O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/140
tarix12.09.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#142946
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140
Masofaviy o‘qitish 
– eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar, 
o‘qitish vositalari va formalarini o‘z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi 
ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga 
asoslangan ta’lim formasidir. 
Masofaviy o‘qish 
– bu yangi axborot texnologiyalari, telekommu-
nikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tiz-


113 
imidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari 
asosida o‘quv shart-sharoitlari va o‘qituvchi bilan muloqotni ta’minlab 
berib, o‘quvchidan ko‘proq mustaqil ravishda shug‘ullanishni talab qilu-
vchi tizimdir. Bunda o‘qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qay-
si joyda bo‘lishiga bog‘liq emas. 
Masofaviy ta’lim 
– masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi 
vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, 
aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xiz-
matlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuaidir. 
Masofaviy o‘qitish tizimi 
– masofaviy o‘qitish shartlari asosida 
tashkil etiladigan o‘qitish tizimi. Barcha ta’lim tizimlari singari masofaviy 
o‘qitish tizimi o‘zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va 
tashkiliy shakllariga ega. 
Nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo‘lib qoldi? – degan savol 
tug‘ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida quyidagilarni sanab o‘tish 
mumkin: 
- Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt 
va joyga bog‘liqmasligi va boshqalar). 
- Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi. 
- Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi. 
- Sifatli axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 
- Xalqaro integratsiyaning kuchayishi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan sharoit va imkoniyatlar masofaviy o‘qitishga 
ehtiyoj borligini ko‘rsatadi. 
Masofaviy o‘qitishning ta’lim tizimida bir-biridan farqlanuvchi 
model va shakllari mavjud bo‘lib, ular quyidagi qo‘llanish shartlari bilan 
farqlanadi:
- geografik shartlar (masalan, mamlakat territoriyasi, markazdan 
uzoqlikda joylashuvi, iqlimi); 
- mamlakatning axborotlashuvi va kompyuterlashtirish umumiy da-
rajasi; 
- kommunikatsiya va transport vositalarining rivojlanish darajasi; 
- ta’lim jarayonida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari 
vositalarining qo‘llanish darajasi; 
- ta’limda qo‘llaniladigan an’analari; 
- masofaviy o‘qitish tizimi uchun ilmiy pedagog kadrlar mavjudligi 
va ularning salohiyati va boshqalar. 
Umuman olganda masofaviy ta’limning maqsadiga quyidagilar kira-
di: 


114 
- Mamlakat miqyosidagi barcha hududlar va chet eldagi barcha 
o‘quvchilar, talabalar, ta’lim olishni xohlovchilarga birdek ta’lim olish 
imkoniyatini yaratib berish. 
- Yetakchi universitetlar, akademiyalar, institutlar, tayyorlov 
markazlari, kadrlarni qayta tayyorlash muassasalari, malaka oshirish insti-
tutlari va boshqa ta’lim muassasalarining ilmiy va ta’lim berish potensial-
laridan foydalanish evaziga ta’lim berishning sifat darajasini oshirish. 
- Asosiy ta’lim va asosiy ish faoliyati bilan parallel ravishda 
qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatini yaratib berish. 
- Ta’lim oluvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish va 
ta’lim muhitini kengaytirish. 
- Uzluksiz ta’lim imkoniyatlarini yaratish. 
- Ta’lim sifatini saqlagan holda yangi prinsipal ta’lim darajasini 
ta’minlash. 
Yuqoridagilarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, masofaviy 
ta’lim elementlarini ta’lim muassasalariga joriy etilishi har tomonlama 
foyda keltiradi. Oliy ta’lim tizimida bu kompleksni joriy qilish uchun bar-
cha shart-sharoitlar mavjud. 
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim jarayonida (xususan, 
masofaviy ta’lim jarayonini) qo‘llash asosan ikki xil ko‘rinishda amalga 
oshiriladi. Birinchi sharti bu texnik jihozlar bo‘lsa, ikkinchisi sharti esa 
maxsus dasturiy ta’minotlar bilan ta’minlanganligidir.
1. Texnik jihozlar bilan ta’minlanganlik: kompyuterlar, tarmoq 
qo‘rilmalari, yuqori tezlikdagi internet tarmoqlari, video konferensiya ji-
hozlari va hakazo.
2. Dasturiy ta’minotga: Mavjud qurilmalarni ishlatadigan dasturiy 
ta’minotlardan tortib shu soha uchun mo‘ljallangan dasturlar to‘plami 
kiradi.So‘nggi yillarda G‘arbda ta’lim tizimini boshqarishda qo‘llanilib 
kelinayotgan Internet yoki Internet tarmog‘i orqali elektron shakldagi 
ta’lim turini Elearning (elektron ta’lim) atamasi bilan kirib keldi. 
1-rasm. Masofaviy ta’lim modellari. 


115 
Elektron ta’limi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosid-
agi ta’limning turli ko‘rinishlarini anglatuvchi keng tushunchadir.
Elearning o‘z ichiga elektron o‘quv kontenetlarni bilim oluvchiga 
yetkazish usulidan kelib chiqqan holda guruhlarga ajratish mumkin.
YUNESKO institutining 2000 yildagi tahliliy tadqikot materiallarida 
(“Distance Education for the Information Society: Policies, Pedagogy and 
Professional Development”) keltirilgan masofali o‘qitish modellarini 
keltiramiz:

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin