O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/140
tarix12.09.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#142946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
 
 
ISBN – 978-9943-537-75-0 
 
©Aminov I.B., Nomozov F.Sh., Suyarov A.M. 



Kirish 
 
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikrdalar. Yapon 
olimlarining 
hisoblashicha, 
axborotlashgan 
jamiyatda 
kompyu-
terlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foyda-
lanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni 
avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta’minlashga imkon beradi. Ja-
miyatni rivojlantirishda xarakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, 
balki axborot ishlab chiqarish bo‘lmog’i lozim. Moddiy mahsulot esa ax-
borot jihatdan ancha serchiqim bo‘ladiki, bu uning qiymatida innovatsiya, 
dizayn va marketingning ulushi oshishini anglatadi. 
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun tur-
mush tarzi ham o‘zgaradi. Bu jamiyatni sanoat jamiyatda farqi shunday 
bo‘ladi, axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqiladi va 
iste’mol etiladi. Shuning uchun bu jamiyatda aqliy mehnat darajasi 
ko‘payadi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj 
oshadi. 
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini 
Kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, 
telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Ta’lim 
jarayonida 
talabalarni 
har 
tomonlama 
bilimini 
mustahkamlash, murakkab jarayonlarni yaqqol ko‘z oldilariga kelishi va 
vizual qabul qilishni amalga oshirish borasida kompyuter va axborot 
texnologiyalarining hissasi katta. Axborot texnologiyalarini o‘quv 
jarayonida qo‘llash nafaqat talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 
yuqori bo‘lishini, balki ta’lim samaradorligining ham yuqori bo‘lishini 
ko‘rsatadi. Bundan tashqari hozirgi kunda har bir oliy o‘quv yurti yoki 
kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilari yuqori malakali va zamon talablariga 
mos keladigan mutaxassis bo‘lib yetishishlari lozim. Shunday ekan, har 
bir mutaxassis o‘z ixtisosligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi bilan 
birga hozirgi kunda barcha sohalarni keng qamrab olayotgan kompyuter 
bilan 
bevosita 
muloqot 
qila 
oladigan, 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalarini ish jarayoniga tatbiq eta olish malakasiga ega bo‘lishi 
kerak.



Buning uchun dastlab o‘qitish jarayonida har bir fanni zamonaviy 
axborot texnologiyalari bilan birgalikda bog‘lab o‘rgatish zarur bo‘ladi. 
Ta`lim sohasini kompyuterlashtirish, unga axborot texnologiyalarini joriy 
qilish bilan bog’liq muammolarni tadqiq qilishda muayyan yutuqlarga 
erishilgan bo`lsada, bu sohada yechimini kutayotgan masalalar ham 
talaygina.
Bu esa ta’lim tizimida, xususan, o‘quv jarayonlarini tashkil etish va 
amalga oshirish, o‘quv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, ayniqsa, o‘quv 
mashg’ulotlarini o‘tish va o‘zlashtirish samaradorligini oshirish borasida 
yangicha mazmun va mohiyat shakllanishiga asos yaratmoqda. 
Bunday ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda o‘qituvchi 
va talabalarga davlat tilida kerakli o‘quv adabiyotlarini yetkazish alohida 
ahamiyatga ega. 
O‘quv qo‘llanma boshlang’ich ta’lim, maktabgacha ta’lim va 
musiqa ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u 
“Komputerning texnik ta’minoti”, “Windows operatsion muhiti”, 
“Microsoft Office dasturlari” “Komputer tarmoqlari” va “Masofaviy 
ta`lim” mavzulari bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirish 
bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni o‘z ichiga olgan. 
O‘quv qo‘llanma “Komputerning texnik ta’minoti”, «Windows 
operatsion muhiti» va «Microsoft Office dasturlari» mavzulari to‘g’risida 
umumiy nazariy va amaliy ma’lumotlardan iborat bo‘lib, amaliy 
mashg’ulotlar, mustaqil ishlash uchun masalalar, takrorlash uchun 
savollar, nazorat uchun test savollari va foydalanish uchun adabiyotlar 
ro‘yxatini o‘z ichiga olgan. 
Bundan tashqari o‘quv qo‘llanmadan “Komputerning texnik 
ta’minoti”, “Windows operatsion muhiti”, “Microsoft Office dasturlari” 
“Komputer tarmoqlari” va “Masofaviy ta`lim” mavzularini amaliy 
o‘rganishga qiziqqan barcha maktab, akademik litsey va kasb-hunar 
kolleji o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari va magistrlari ham 
foydalanishlari mumkin. 




Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin