O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti



Yüklə 7,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/140
tarix12.09.2023
ölçüsü7,05 Mb.
#142946
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140
LMS tizimlarining tahlili.
Quyida masafaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini 
beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va 
ularning asosiy imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlarni bayon qilamiz. 
Atutor–
Ochiq kodli, veb muhitida ta’lim jarayonini boshqaruvchi 
LMS tizimi hisoblanadi.Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Ma-
terials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va 
boshqa modullari mavjud.Tizim bir nechta standartlarni qo‘llab-
quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan 
o‘quvchi-talabalar tizim orqali o‘quv resurslardan foydalanishlari mum-
kin. Xususan, ko‘zi ojiz talabalar maxsus veb ilovalar orqali tizimga 


118 
bog‘langan holda o‘quv kontentdagi so‘zlarni audio formatda o‘tkazgan 
holda tinglashi mumkin. O‘quv modulini yozish vaqtida Atutor dasturiy 
majmuasining barqaror versiyasi 2.1.1. Tizimning shaxsiy saytida 20 dan 
ortiq har xil modullar mavjud.Tizim qo‘llab quvvatlaydigan standartlar 
soni ancha bo‘lib bu boshqa LMS tizimlardan farqi ham aynan shu 
xususiyatidadir. Tizimning rasmiy internet manzili
:
http://atutor.ca/atutor/. 
Claroline 
– Erkin va ochiq kodli, masofaviy o‘quv kurslarni tashkil-
lashtirish imkoniyatini beruvchi Webga orientatsiyalangan dasturiy 
majmuasi hisoblanadi. Tizim Luvenadagi (Belgiya) katolik universitetin-
ing pedagogika va multimedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan 
foydalanish GNU (General Public License)asosida amalga oshiriladi ya’ni 
bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda
PHP/MySQL/Apache larni o‘rnatilishi talab qilinadi. Windows 98 va 
NT, Mandrake Linux8.1 muhitiga o‘rnatilgan EasyPHP tizimda tizim 
testdan o‘tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq 
davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga (dastur interfeysi) 
tarjima qilingan[6]. Tizim 2000 dan ortiq talabalarni bir vaqtning o‘zida 
qabul qilishi mumkin. Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta’lim ja-
rayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan barcha talablarga javob 
beradi. Xususan, foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tizimda foyda-
lanuvchilarning (fan o‘qituvchisi, o‘quvchi va mehmon) rollarini adminis-
trator tomonidan belgilashi, o‘quv kurslarni yaratish, ularning tarkibini 
tahrirlash, talabalar bilimini nazorat qilish, monitoring olib borish, nazorat 
natijalarini tahlil qilish, tizim ichida foydalanuvchilar o‘rtasida kommu-
nikatsiya elementlaridan (chat, forum, qisqa xabarlar jo‘natish modullari-
dan) foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi. Tizimda boshqa 
LMSlar singari quyidagi ko‘rsatilgan o‘qitish modullari mavjud: Forums, 
Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking, 
Kalendar, Vikiva boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singariIMS 
va SCORM standartlarni qo‘llab quvvatlaydi. Claroline dasturiy 
majmuasining imkoniyatlaridan demonstratsiya rejimida foydalanib 
ko‘rish mumkin, buning uchun http://demo.claroline.net/havolasiga muro-
jat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator, fan o‘qituvchisi, 
o‘quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi mumkin.
O‘quv modulini yozish vaqtida tizimning barqaror versiyasi Claroline 
1.11.8.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.claroline.net 

Yüklə 7,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin