128
Forum
– forumning 3 ko‘rinishi mavjud (savol-javob, hammaning
o‘z mavzusi, standart muzokara).
Chat
– real vaqtdagi muzokara olib borish imkoniyatini beradi.
Moodle ning asosiy yutuqlari:
Keng tarqalgan: > 160 mamlakatda 72 xil tilda(o‘zbek
tilini ham
qo‘shgan holda)
37.000 versiyasi joriy qilingan
YUqori hajimda(masshtabda):> Oksford universiteti (OUUK ), Kali-
forniya universiteti (HSU California ) va YAngi Zelandiya ochiq
Politexnik (Open Polytechnic NZ) markazlari tomonidan 100,000 dan or-
tiq foydalanuvchilar qayd etilgan Bepul imkoniyat: GPL Code(kod)
ta’lim maskanlariga litsenziya uchun hech qanday haq to‘lamasdan, uzoq
muddatli egalik qilish, hatto kelgusida yangilab turish imkonini beruvchi
qurilmani o‘rnatishga
ruxsat beradi
1. Internetga asoslangan o‘quv muhiti: tartiblashtirilgan o‘quv
mashqlari va o‘quv
mazmuni bilan ta’minlash
2. O‘qishni Boshqaruv Tizimi(O‘BT): Kursning dizayni va
o‘tkazilishini qo‘llab quvvatlash (tyutorlik, monitoring va sertifikatsiya)
Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM
va boshqa standartlarni
qo‘llab quvvatlaydi.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga
qaraganda eng ko‘p qo‘shimcha plagin va modullari mavjud bo‘lgan
dasturiy majmua aynan, Moodle dasturiy majmuasi hisoblanadi.
Ochiq kodli Moodle dasturiy majmuasi o‘quv jarayonini
boshqaruvchi Web ga yo‘naltirilgan maxsus tizim bo‘lib,
internet
(interanet) tarmog‘ida foydalanishga mo‘ljallanilgan. Tizimni yaratishda
ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun
ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi ( MySQL yoki PostgreSQL),
PHP
protsessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan
server zarur. Opersion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan
biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OSX, Novwll
Netware). O‘quv moduli yozilayotgan vaqtda tizimning
barqaror versiyasi
moodle 2.8.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.moodle.org