Текстли масалалар устида ишлаш методикаси


Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik fikrlash faoliyatini



Yüklə 2,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/81
tarix13.09.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#143042
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI OQUV qo\'llanma

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik fikrlash faoliyatini 
shakllantirish va rivojlantirishning metodik tizimi 
 
Metodik masalalarni yechishda ko‗pgina hollarda olingan natijalarni bir 
muncha 
umumlashtirilgan 
tarzda, ya‘ni 
aniqlangan 
xossalarni 
yoki 
xarakteristikalarni sistemali tarzda aks ettiradigan qilib taqdim qilishga zarurat 
tug‗ilib qoladi.
Sistema (yunoncha ―sustema‖ – qismlardan tashkil topgan, qo‗shilgan) – bir 
butunlik sifatida tashkil topgan obyektni ifodalovchi tushuncha. ―Sistema‖ 
tushunchasi ―element‖, ―aloqadorlik‖, ―bir butunlik‖, ―yaxlitlik‖, ―birlik‖, 
―struktura‖, ―ierarxiya‖, ―elementlar o‗rtasidagi aloqadorlik qonuniyatlari‖ va shu 
kabi terminlar (tushunchalar) bilan bog‗liq holda ifodalanadi. 
Pedagogikada sistemali yondashuvni ishlab chiqish va amalga oshirishga 
Y.K.Babanskiy, A.G.Kuznetsova, N.V.Kuzmina, S.K.Nikulin, P.I.Pidkasistiy, 
V.A.Slastyonin, A.V.Tutolmin va boshqalarning izlanishlari bag‗ishlangan. 
Masalan, V.P.Bespalko metodik sistema deganda ―Berilgan sifatlarga ega 
bo‗lgan shaxsni shakllantirishga uyushgan, maqsadga yo‗naltirilgan va oldindan 
rejalashtirilgan pedagogik ta‘sir o‗tkazishni tashkil qilish uchun zarur bo‗lgan 
o‗zaro bog‗liq vositalar, uslublar va jarayonlarning majmui‖ni tushunadi. 
Matematik ta‘limning metodik sistemalari L.I.Bojenkova, E.A.Bunimovich,
O.B.Episheva, G.L.Lukankin, A.G.Mordkovich,
A.M. Pishkalo, E.A.Perminov, S.A.Samsonova, V.I.Snegurova va boshqalarning 
ilmiy ishlarida o‗rganilgan. 
N.V.Kuzminaning izlanishlariga qaraganda o‗qitish metodik sistemasi 
quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: har biri muayyan metodik vazifani egallovchi, 
o‗qitishning maqsadi, tarkibi (mazmuni), shakllari, uslublari va vositalari. 
O‗qitishning metodik sistemasi belgilariga quyidagilar kiradi: 
1)
asosiy maqsadga erishishga imkon yaratuvchi tarkibiy qismlarining 
to‗liqligi; 
2)
tarkibiy qismlarning o‗zaro bog‗liqligi va bir-biriga tobeligi; 
3)
tarkibiy qismlarni birlashtirish uchun zarur bo‗lgan yetakchi 
g‗oyaning mavjudligi; 
4)
sistemaning tarkibiy qismlarida umumiy xossalarning yuzaga kelishi. 
Boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning metodik sistemasi bir qator 
talablarga javob berishi lozim. Birinchidan, u diagnostik bo‗lishi, ya‘ni 
maqsadlarning natijalarga mos kelishini belgilashi lozim. Boshlang‗ich sinflar 
o‗quvchilarini matematikaga o‗qitish jarayonida asosiy maqsadga erishilishi zarur, 
unda belgilanganki, yuqori sinf o‗quvchilarining bilim, malaka va ko‗nikmalari 
bitiruvchilarni maktabni tamomlaganlaridan keyingi o‗qitishga tayyorlashni 
ta‘minlovchi me‘yoriy hujjatlarga (dasturga) mos kelishi zarur. Ikkinchidan, 


12 
sistema matematika o‗qituvchisining malakasi va ish tajribasiga bog‗liq bo‗lmagan 
holda bir xil darajada foydalaniladigan bo‗lishi lozim. Uchinchidan, sistema 
egiluvchan, ya‘ni o‗zgarishlarga, yangilanishlarga moslashishi, turli sharoitlarda 
ishlatilishi, yangi metodik amallar bilan to‗ldirilish imkoniga ega bo‗lishi lozim. 
Metodik sistemani loyihalashtirish uchun biz tomonimizdan quyidagi 
metodik yondashuvlardan foydalanildi: sistemali, shaxsiy-faoliyatli, integrativ. 
Sistemali yondashuv bizga matematikaning boshlang‗ich sinflarda 
o‗rganiladigan, uni faoliyatda egallashga yo‗naltirilgan murakkab sistema kabi 
butun tarkibini (mohiyatini) tasavvur qilish imkonini berdi. Shaxsiy-faoliyatli 
yondashuv maktab matematikasini bizning nazarimizda ko‗rishning asosiy 
mohiyatining har bir bloki ham o‗qituvchi, va ham o‗quvchilar harakatlarining 
muayyan tarkibini qamrab olishini nazarda tutadi. U matematika tarkibiga uni faol 
o‗qib o‗rganishni qo‗shishni, izlanish faoliyati elementlaridan foydalanishni, o‗quv 
materialini muammoviy va evristik ochib berishga qaratishni nazarda tutadi. Bu 
esa tarkibning metodik tomonini kuchaytirishni, hamda uni o‗zlashtirishining 
metodik apparatini ishlab chiqishni belgilab berdi.
Matematikaga o‗qitish sistemasini loyihalashtirish va amalga oshirish 
asosiga, matematika bo‗yicha metodik ishlarda o‗z aksini topgan: ilmiylik, 
asoslilik, 
birlashish 
(integratsiya), 
ajratish 
(differensiatsiya), 
insoniylik 
(gumanizatsiya) va insonparvarlik (gumanitarizatsiya), o‗rin almashinuvchanlik, 
qulaylik, uzluksizlik kabi umumdidaktik va umummetodik tamoyillardan tashqari, 
ikkita guruhga birlashtirilgan tamoyillar olingan: 
a) umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich sinflarida matematika 
o‗qitishning metodik sistemasini yaratish va amalga oshirishning umumiy 
tamoyillari; 
b) umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich sinflarida matematikaviy 
yo‗nalish tarkibini tanlash tamoyillari. 
Endi metodik sitemaning tarkibiy qismlarini qarab chiqamiz.
Metodik sistemaning maqsadli tarkibiy qismi 
Ushbu tarkibiy qism taklif qilingan sistemada asos soluvchi kabi maydonga 
chiqadi, negaki matematika o‗qitishning samaradorligi umuman olganda aynan 
maqsadning qo‗yilishiga bog‗liq. Bu tarkibiy qism qolgan barcha tarkibiy 
qismlarning mazmun-mohiyatini aniqlab beradi. 
Boshlang‗ich sinf o‗quvchilarida matematik fikrlashning yuqori darajada 
rivojlanishiga faqat to‗g‗ri tashkil qilingan maktab ta‘limi doirasidagina erishish 
mumkin. 
Bunday ta‘lim deganda, o‗quvchilar tomonidan ularni o‗rganish natijasida 
muayyan shaxsiy qiyofa va individual o‗ziga xoslikka erishadigan, ilmiy 
bilimlarni, kombinatorika sohasidagi amaliy qobiliyatlarni va ko‗nikmalarni,
ularning aqliy bilim olish va ijodiy qobiliyatlarining, xuddi shuningdek 
dunyoqarash va axloqiy-estetik madaniyatining rivojlanishini tushunamiz. 


13 
Yuqorida aytib o‗tilganidek, matematika kundalik hayotda uchraydi va 
ishlatiladi, bundan kelib chiqadiki, muayyan matematik ko‗nikmalar har bir 
insonga zarur. Shu sababli ham bu fanning asoslari tabiat hodisalarini to‗g‗ri 
tushunish va qabul qilish uchun zarur. 
Matematik bilim va ko‗nikmalar amalda barcha kasblarda zarur. Avvalo, 
albatta tabiiy fanlar, texnika va iqtisodiyot bilan bog‗liq bo‗lganlarida. Matematika 
tabiatni o‗rganish va texnika tili bo‗ladi, shuning uchun ham tabiatni o‗rganuvchi 
va muhandisning kasbi bu fanga asoslangan ko‗pgina kasbiy ma‘lumotlarni jiddiy 
egallashni talab qiladi. Hozirgi vaqtda matematik bilimlarni qo‗llash shifokorga, 
lingvistga, tarixchiga, biologga va bu ro‗yxatni to‗xtatish mushkul, zarurligi 
gumon qoldirmaydi. Bizning davrimizda matematik ta‘lim kasbiy faoliyat uchun 
shunchalik muhim. Demak, matematika va matematik ta‘lim yuqori sinf 
o‗quvchilarini bo‗lg‗usi kasbiga tayyorlashda zarur. 
Dunyoni, uning umumiy qonuniyatlarini va asosiy ilmiy g‗oyalarini 
matematikasiz falsafiy egallashning imkoni yo‗q. Tasodiflarning mavjudligini 
inkor etish bizning dunyoqarashimizga putur yetkazishga olib keladi. Va shu 
sababli tasodif haqidagi fan o‗quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish uchun 
zarur. 
Insonda uning oldiga qo‗yilgan masalanining mazmunini tushunish, to‗g‗ri, 
mantiqan fikr yuritish, algoritmik fikrlash ko‗nikmalarini egallash qobiliyatini 
tarbiyalash matematik ta‘limning yana bir o‗ta muhim maqsadi bo‗ladi. Har bir 
o‗quvchida tahlil qila olish, qo‗yilgan masalaning mazmunini tushunish, gipotezani 
faktdan farqlay olish, tanqid qilish, o‗z fikrini aniq ifodalay olish va shunga 
o‗xshashlar, boshqa tomondan esa – tasavvurni va intuitsiyani rivojlantirish zarur. 
Shunday qilib, matematika shaxsning aqlan rivojlanishi uchun zarur. 
 
Metodik sistemaning motivlashtiruvchi tarkibiy qismi. 
Eramizning 100 yilida Kvintilian o‗zining ―Institutio oratoria‖ (―Notiqlik 
ta‘limi‖) nomli asarida, o‗qitish boshlanishidan oldin qiziqishni o‗yinlar orqali 
uyg‗otish tamoyili haqida gapirib, motivatsiyaning o‗qitish jarayoni 
samaradorligiga katta ijobiy ta‘siri haqida yozgan edi. Vatanimizning va chet ellik 
pedagogika sohasida ko‗zga ko‗ringan Y.A.Komenskiy, F.A.V.Disterveg, 
I.G.Pestalotssi, J.J.Russo, K.D.Ushinskiy va boshqa ko‗plagan arboblari o‗qitish 
nazariyasini pedagogik realizm, tabiatga muvofiqlik tamoyillariga mos ravishda
motivatsiyaga ta‘lim jarayonida munosib o‗rin berib, rivojlantirdilar. 
Motivatsiya – bu inson tomonidan qo‗yilgan maqsadga tomon harakatni 
ta‘minlovchi jarayonlar, xuddi shuningdek, xulqning faolligiga yoki nofaolligiga 
ta‘sir ko‗rsatuvchi ichki va tashqi omillar. U harakatga undaydi, yo‗naltiradi va uni 
uyushtiradi, xulqqa (harakatga yoki harakatsizlikka) shaxsiy ma‘no va ahamiyat 
beradi. Kasbiy o‗qitish bosqichida, agar soha o‗quvchi tomonidan tushungan holda 
tanlangan bo‗lsa, o‗qitishni motivlanishi pog‗onama-pog‗ona o‗zgaradi.


14 
Boshlang‗ich sinflarda o‗qitish davrida o‗quvchilarning fikrlashi yanada 
to‗ladi, chuqurlashadi, kengayadi, abstraktlashadi – yanada tushunarli bo‗ladi. Bu 
paytda o‗qitish motivlari muhim hayotiy mazmunga ega – hayotdagi o‗rinni, 
kelajakdagi kasbni tanlash, baholashga va o‗z-o‗zini baholashga bo‗lgan 
munosabatni o‗zgartirish. 
Ma‘lumki, motiv inson faolligining predmetga yo‗naltirilganligidan, uning 
shu faolligi yo‗naltirilgan predmetning obyektiv xarakteristikalari bilan bog‗liq 
bo‗lgan ichki ruhiy holatidan boshqa narsa emas. O‗quv jarayoniga nisbatan 
qo‗llanganda ta‘lim jarayonining alohida tomonlariga o‗quvchilarning 
yo‗naltirilganligi motiv bo‗lib maydonga chiqadi. Ishonch bilan tasdiqlash 
mumkinki, o‗quvchilarning turli vakolotlarni egallashga ham, yaxshi baho olishga 
ham intilishlari kiradi. 
Motivlar ikkita katta guruhlarga bo‗linadi: ijtimoiy va o‗rganuvchanlik 
motivlari. O‗rganuvchanlik motivlari doirasida o‗rganishga bo‗lgan qiziqish eng 
amaliysi (harakatdagisi) bo‗ladi. 
Metodik sistemaning mazmunli tarkibiy qismi 
Mazkur tarkibiy qism matematik elementlarni o‗z ichiga olgan o‗quv rejasi, 
o‗quv dasturi va matematika bo‗yicha o‗quv qo‗llanmalari bilan aniqlanadi. 
Istalgan o‗quv fani tarkibini ilmiy jihatdan asoslanishi ko‗pgina 
muammolarning yechimi negizida bo‗ladi. Yechimi, o‗z navbatida, ko‗p 
tomonlama bo‗lgan, tarkibni tanlash muammosi shulardan bittasi bo‗ladi. 
Didaktikaning butun tarixi davomida fan va o‗quv predmetining o‗zaro 
munosabati, predmetli ilmiy sohalar holatini va rivojlanish istiqbollarini metodik 
tahlil qilish asosida materialni tanlash tamoyillarini shakllantirish o‗rganiladi. 
Izlanishlarning natijalari jamiyat, ilm-fan va ishlab chiqarish rivojlanishining har 
bir bosqichida ilm-fan yutuqlari va ularning umumiy va kasbiy ta‘lim darajasidagi 
aksi o‗rtasidagi ―tenglik (turg‗unlik) nuqtasini‖ topishga imkon beradi. Shu sababli 
ham matematikaning, ―Matematika‖ fanining ilmiy va o‗quv qismlari kabi, 
predmeti va uslublari to‗g‗risidagi masala muhokamasi nafaqat akademik 
xarakterga ega, balki umumta‘lim maktabining boshlang‗ich sinf o‗quvchilari 
uchun matematik material tarkibini tanlash uchun asos bo‗lib ham xizmat qiladi. 
Matematika o‗qitishning umumiy maqsadlariga erishish uchun o‗qitish 
tarkibi tarkibning ―yadro‖sini tashkil qiluvchi, barcha sohalar uchun umumiy 
bo‗lgan bo‗limlarni o‗z ichiga olishi lozim. 
Metodik sistemaning jarayonli tarkibiy qismi 
Jarayonli tarkibiy qism bizning metodik sistemada umumta‘lim maktabining 
boshlang‗ich sinflarida matematika o‗qitishga yo‗naltirilgan ta‘lim jarayonini 
tashkil qilish jarayonini tartibga soladi. U matematik yo‗nalishning maxsus 
xususiyatlariga, boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning o‗ziga xosligiga, 
boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining yoshiga doir va individual-ruhiy xususiyatlariga 
asoslanadi. Ularning amalga oshirilishi o‗qitishning o‗quvchilarning motivli-


15 
emotsiyali sohasiga ta‘sir o‗tkazuvchi va ularning faol o‗rganish faoliyatini 
rag‗batlantiruvchi shakllari, uslublari va vositalari majmuasi bilan bajariladi. 
Mazkur tarkibiy qism o‗qituvchi va o‗quvchi, o‗quvchining adabiyot bilan 
ishlashida, hamkorligida amalga oshiriladi. 
Jarayonli tarkibiy qismni tashkil qiluvchilarini batafsilroq ko‗rib chiqishga 
to‗xtalamiz. 
Matematika o‗qitish shakllari 
Boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning asosiy shakllariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: sinfdan tashqari va sinf-dars. 
Umumta‘lim maktablarining boshlang‗ich sinflarda matematik ta‘lim berish 
jarayoni o‗qitishning sinfdan tashqari va sinf-dars shakllari orasida bog‗lanish 
bo‗lganida sistemalilik xususiyatlarini egallaydi. Har bir shakl o‗zining yetakchi 
faoliyati bilan xarakterlanadi, o‗zining maqsadi, tarkibi, shakli, uslubi va 
vositalariga ega. Sinf-dars shaklida – bu o‗qituvchi va o‗quvchining o‗quv 
dasturini o‗zlashtirish bo‗yicha o‗zaro bog‗liq faoliyati; sinfdan tashqarida – 
yuqori sinf o‗quvchisining mustaqil va o‗qituvchi rahbarligidagi mustaqil ta‘lim 
olish bo‗yicha faoliyati, uning to‗garaklar va elektivlar ishidagi ishtiroki. 
Dars o‗qitish shakli sifatida ―O‗qituvchi-O‗quvchi‖ va ―O‗quvchi-O‗quvchi‖ 
munosabatlarining o‗zgaruvchanligini nazarda tutadi. Bu o‗z navbatida yuqori sinf 
o‗quvchilari o‗rganish faoliyatini boshqarishning mos keladigan usullarini 
qo‗llashni talab qiladi. Darsda o‗quvchilar o‗quv faoliyatini boshqarishning asosiy 
usullariga quyidagilar kiradi: frontal va individual. Frontalga o‗qitishning guruh 
shaklini ham kiritadilar. 
Frontal o‗qitish matematika o‗qituvchisiga butun sinf o‗quvchilarining o‗quv 
faoliyatini boshqarish uchun jiddiy imkoniyatlar beradi. U o‗quvchilarda o‗qishga 
bo‗lgan ruhiy tayyorgarlik yaratadi, o‗quv faoliyatidagi faollikni rag‗batlantiradi. 
Ta‘kidlash zarurki, frontal o‗qitish ―O‗qituvchi-O‗quvchi‖ sistemasida individual 
munosabatlarni zaiflashtiradi, chunki har bir o‗quvchining o‗ziga xos 
xususiyatlarini inobatga olishga imkon bermaydi, alohida o‗quvchilar o‗rtasidagi 
ijtimoiy munosabatlarni hisobga olmaydi. 
Individual ishlash o‗qitishni individuallashtirishni va ajratishni nazarda 
tutadi, frontal ishlash esa bularni ta‘minlashga umuman qodir emas. Ishning bu turi 
mashqlar bajarganda, masalalar yechganda, yuqori sinf o‗quvchilarining 
matematika sohasidagi qobiliyatlari va ko‗nikmalarini shakllantirishda maqsadga 
muvofiq. Bu ish ajratilgan (ayrim) topshiriqlarni to‗g‗ri tanlash bilan har bir 
o‗quvchining o‗qishdagi o‗sish suratini sozlab turish, o‗qituvchi tomonidan o‗z 
vaqtida yordam berish, ularning bajarilishini sistemali ravishda nazorat qilib turish 
imkonini beradi. Ishning individual va frontal shakllarini uyg‗unlashgan tarzda 
qo‗shib olib borilgan o‗qitishning istiqboli yuksak. 


16 
Matematika darsida ishning guruh shakllari. O‗qitishning frontal 
shakllaridan o‗quvchilarning guruhda ishlashlari har bir o‗quvchining individual 
o‗ziga xosliklarini ko‗proq inobatga oladi. 
Matematika o‗qitish uslublari 
Uslublarning rang-barangligidan pedagogik amaliyotda boshqalariga 
qaraganda ko‗pincha matematika o‗qitishning quyidagi uslublarini ajratadilar:
- og‗zaki: hikoya, leksiya, suhbat; 
- ko‗rgazmali: rasmlarda, tasvirlarda tushuntirish, chizmada tushuntirish, 
ramzlarda tushuntirish, namoyish qilish; 
- kitob bilan ishlash; 
- amaliy: kuzatish, stoxastik o‗yinlar, statistik izlanishlar, eksperiment, 
laboratoriya ishi, amaliyot ishi, mashqlar, modellashtirish ; 
- interfaol: diskussiya, ishbilarmonlik o‗yini, ―akvarium‖, loyihalar uslubi, 
keys-uslub, ―miya hujumi‖; 
- nazorat. 
Matematika o‗qitish vositalari 
O‗qitish vositalarining umumqabul qilingan zamonaviy tipologiyasida 
o‗qitishning o‗quv-material bazasi, quyidagilarni o‗z ichiga olishi lozim: nashriy 
vositalar (dasturlar, darsliklar va o‗quv qo‗llanmalari, masalalar to‗plamlari, o‗quv-
so‗rov va o‗quv-metodik qo‗llanmalar, xrestomatiyalar, tarqatma materiallar va 
sh.o‗.), ko‗rgazmali yuzali vositalar (plakatlar, jadvallar va x.), namoyish qilish 
vositalari (stendlar, namoyish qilish modellari va h.), elektron ta‘lim uskunalari 
(multimediya darsliklari, tarmog‗iy ta‘lim uskunalari va h.), eshittirish-ko‗rsatish 
(audiovizual) vositalari (slaydlar, ta‘lim videofilmlari, o‗quv kinofilmlari, raqamli 
tashuvchilardagi o‗quv filmlari), o‗quv asboblari (o‗yin kubiklari, ruletkalar, sharli 
kutilar va h.). 
Matematika o‗qitishning nashriy vositalari maktab matematika kursi 
matematika yo‗nalishining o‗quv-metodik majmuasini tarkib toptirishi mumkin. 
Tarkibi bo‗yicha turlicha, bajaradigan vazifasi bo‗yicha esa bir bo‗lgan nashriy 
vositalar bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan holda amal qilishi mumkin, biroq 
bajaradigan vazifalari bo‗yicha o‗zaro bog‗liq joylari ham bor. Ularning barchasi 
bir butun kabi, sistemani namoyon qilib maydonga chiqadilar. O‗qitishning nashriy 
vositalariga quyidagilar kiritiladi: dastur, darslik va o‗quv qo‗llanma, masalalar 
to‗plami, o‗quv-so‗rov va o‗quv-metodik qo‗llanmalar, xrestomatiya, tarqatma 
materiallar. 
Matematika o‗qitish amaliyotida ko‗rgazmali vositalardan foydalanish 
o‗qituvchining so‗zi bilan birgalikda olib boriladi. So‗z vositasida o‗qituvchi 
o‗quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi, o‗quvchilar esa obyektning tashqi 
qiyofasi, yuz berayotgan haqiqiy jarayonlar to‗g‗risidagi bilimlarni kuzatilayotgan 
obyektdan olishadi. Yohud, aksincha, narsaning tashqi qiyofasi, yuz berayotgan 
haqiqiy jarayonlar to‗g‗risidagi bilimlarni o‗quvchilar o‗qituvchining og‗zaki 


17 
hikoyasidan olishadi, ko‗rgazmali vositalar esa og‗zaki ma‘lumotlarni tasdiqlash 
yoki oydinlashtirish imkonini beradi. 
Ko‗rgazmali o‗qitish qo‗llanmalari matematikaga o‗qitishning turli 
bosqichlarida foydalaniladi: o‗qituvchi tomonidan yangi materialni tushuntirishda, 
uning o‗quvchilar tomonidan mustahkamlanishida, o‗rganilgan materialni 
takrorlash va o‗qituvchi tomonidan o‗quvchilarning bilimlari tekshirilganida, xuddi 
shuningdek, sinfdan tashqari o‗qishda. Ular dasturning tarkibiga va darslikka, 
o‗qitish uslubiga, o‗quvchilarning yoshiga doir xususiyatlariga mos kelishi, xuddi 
shuningdek, muayyan ilmiy, sanitar-gigiyenik, texnik va iqtisodiy talablarga javob 
berishi lozim. 
Metodik sistemaning nazorat-diagnostika tarkibiy qismi 
Nazorat-diagnostika tarkibiy qismi boshlang‗ich sinf o‗quvchilarini 
matematik tayyorlash sifatida DTS va me‘yoriy hujjatlar bilan belgilangan 
talablarini aks ettiradi. 
Mazkur tarkibiy qism pedagoglar va o‗quvchilarning hamkorligini, 
o‗qituvchi tomonidan nazoratni va o‗quvchilar tomonidan amalga oshiriladigan 
o‗z-o‗zini nazoratni: og‗zaki nazorat (individual va frontal so‗rov), yozma nazorat 
(test o‗tkazish, nazorat va mustaqil ishlarni bajarish) va o‗z-o‗zini nazorat qilish 
(o‗z ishi natijalarini tahlil qilish va yo‗l quyilgan xatolarni topish, o‗quv materialini 
o‗zlashtirish darajasi yuzasidan o‗z-o‗zini nazorat qilish). 
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash lozimki, loyihalashtirilgan boshlang‗ich 
sinflarda matematika o‗qitishning metodik sistemasi jamiyatning rivojlanishi va 
ijtimoiy buyurtmasiga asosan tuzatish kiritish uchun ―ochiq‖ bo‗lgan sistemadan 
iborat. Uni tuzilishidan boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning metodik 
sistemasini kasbiy-amaliy yo‗naltirilganlikni inobatga olgan holda yaratish asosiga 
qo‗yilishi mumkin bo‗lgan bir qator metodik tamoyillar kelib chiqadi. 
Sistema tarkibiy qismlarining o‗zaro kasbiy-amaliy bog‗liqligi tamoyili 
metodik sistemaning tarkibiy qismlariga umumiy maqsadlar bilan birlashgan va 
umumiy qoidalar asosida qurilgan bir butun sifatida qaraydi. Ushbu tamoyil 
metodik sistema tarkibiy qismlarining ierarxiyasini belgilaydi, unga asosan albatta 
maqsadli, undovchi (motivatsion), mazmuniy (tarkibiy), jarayoniy tarkibiy qismlar 
bo‗lishi lozim. 
Matematika o‘qitishning maqsadi. 
Boshqa har qanday o‗quv predmeti kabi matematika boshlang‗ich kursi 
matematika O‘qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi: 
1.Matematika o‗qitishning umumta‘limiy maqsadi. 
2.Matematika o‘qitishning tarbiyaviy maqsadi. 
3.Matematika o‗qitishning amaliy maqsadi. 
Matematika o‗qitishning umumta‘limiy maqsadi o‗z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo‗yadi: 


18 
a) O‗quvchilarga ma‘lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu 
bilimlar matematika fani to‗g‗risida o‗quvchilarga yetarli darajada ma‘lumot 
berishi, ularni matematika fanining yuqori bo‗limlarini o‗rganishga tayyorlashi 
kerak. 
Bundan tashqari, dastur asosida o‗quvchilar o‗qish jarayonida olgan 
bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o‗rganishlari, nazorat qilishning 
asosiy metodlarini egallashlari lozim.
b) O‗quvchilarning og‗zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish 
lozim bo‗ladi; 
Matematikani o‗rganish o‗quvchilarning o‗z ona tillarida nutq madaniyatini 
to‗g‗ri shakllantirish, o‗z fikrini aniq, ravshan va lo‗nda qilib bayon eta bilish 
malakalarini o‗zlashtirishlariga yordam berishi kerak. 
d) O‗quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga 
o‗rgatish. 
Bunday bilimlar berish orqali esa o‗quvchilarning fazoviy tasavvur qilish 
xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi. 
Boshlang‗ich matematika o‗qitishning tarbiyaviy maqsadi o‗z oldiga quyidagi 
vazifalarni qo‗yadi: 
a) O‗quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. 
b) O‗quvchilarda matematikani o‗rganishga bo‗lgan qiziqishlarni tarbiyalash. 
Boshlang‗ich sinf o‗qituvchisining vazifasi o‗quvchilarda mustaqil mantiqiy 
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning 
qonuniyatlarini o‗rganishga bo‗lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir. 
d) 
O‗quvchilarda 
matematik 
tafakkurni 
va 
matematik 
madaniyatni 
shakllantirish. 
Matematika darslarida o‗rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular 
orasidagi qonuniyatlar o‗quvchilarni atroflicha fikrlashga o‗rgatadi. 
Boshlang‗ich sinflarda matematika o‗qitishning amaliy maqsadi o‗z oldiga 
quyidagi vazifalarni qo‗yadi:
a) O‗quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda 
uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‗rgatish, 
o‘quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni 
mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o‗rgatish; 
b) matematika o‗qitishda texnik vosita va ko‗rgazmali qurollardan foydalanish 
malakalarini shakllantirish; 
Bunda asosiy e‘tibor o‗quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan 
foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. 
d) O‗quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o‗rgatish. 
O‗quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini 
ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, 
og‗zaki va yozma xulosalar qilishga o‗rganishlari kerak. 


19 
O‗qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‗quvchilarning 
o‗rganilayotgan materialni o‗zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni 
amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‗quvchilardan og‗zaki 
so‗rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik 
vositalar 
yordamida 
sinash 
kabi 
usullardir. 
Didaktikada 
dars 
turiga, 
o‗quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog‗liq ravishda nazoratning u yoki 
bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, 
nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan. 
Boshlang‗ich maktabda matematika o‗qitish metodikasida mustaqil va nazorat 
ishlari, o‗quvchilardan individual yozma so‗rov o‗tkazishning samarali vositalari 
yaratilgan. Ba‘zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi
masalalarining o‗zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari 
boshlang‗ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat 
qilish uchun mo‗ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli 
maktab uchun mo‗ljallangan) o‗qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa 
nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‗proqdir. 
Boshlang‗ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun 
umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo‗yicha tabaqalashtirilishidir. Bu 
materiallar tuzuvchilarning g‗oyasiga ko‗ra ma‘lum mavzu bo‗yicha topshiriqning 
biror usulini bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‗zlashtirganligi haqidagina 
emas, balki uni to‗la aniqlangan darajada o‗zlashtirganligi haqida ham guvohlik 
beradi.
Matematika o‗qitish metodikasida ―o‗quv materialini o‗zlashtirilish darajasi‖ 
tushunchasining mazmuni to‗la ochib berilmagan. O‗qituvchilar uchun 
qo‗llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig‗i qaysi darajaga mos 
kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas. 
Amaliyotda o‗qituvchilar ko‗pincha biror topshiriqning usullarini biri 
boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik 
materiallar qanchalik san‘atkorona tuzilgan bo‗lmasin, ularning mazmuni va 
tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g‗oyalar amalga oshirilmasin, ular 
baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech 
qanday o‗rgatuvchi mashina O‗qituvchining intuitsiyasini, ya‘ni hissiyotini 
almashtira olmaydi. 
Shunday qilib, didaktik materiallarni o‗quvchilarning o‗quv materialini 
o‗zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan 
birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o‗qituvchi uchun eng yaxshi usul 
bo‗lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o‗qituvchini 
o‗quvchilarning bilimlarni o‗zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan 
individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi. Bu 
umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir. 

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin