21
3.1. Qotishmalarning turlari va ularning mashinasozlikdagi
ahamiyati
Ikki va undan ortiq elementlarni (metallarni metallar bilan yoki
metallarni metalloidlar bilan) birga suyuqlantirish,
qizdirib
qovushhtirish va boshqa yo’llar bilan olingan murakkab birikmaga
qotishma deyiladi.
Tajribalar Shuni ko’rsatadiki, qotishmalar tarkibiga kiruvchi
elementlar xiliga miqdoriga va boshqa ko’rasatgichlariga ko’ra
ularda quyidagi qotishma uchraydi.
Mexanik aralashma. Qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar
suyuq holda bir-birida to’la yorib, kristallanishh jarayonida bir-biriga
tortilmay, har biri mustaqil
kristallar hosil qilsa, bunday
qotishmalarga mexanik aralashma beruvchi qotishma deyiladi.
Komponentlari suyuq holatda bir-birida eriydigan, hamma
qattiq holatda erimaydigan va o’zaro
kimyoviy birikma hosil
qilmaydigan qotishmalar mexanikaviy aralashmalar deyiladi.
Bu qotishmalarga kirgan har bir komponent o’z fazoviy
kristall panjarasini saqlaydi.
Komponent so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib - tashkil
etuvchi degan manoni bildiradi.
Qotishma
tarkibiga
kiruvchi
komponentlar
atomlarning
diametrlari farqi 15 % dan ortiq bo’lib, turli fazoviy kristall panjarali
bo’lgandagina mexanik aralashma hosil bo’ladi.
3.1-rasm. Qotishmalarni eritish jarayoni.
Bu xil qotishmalar Pv-Sv, Sn-Zn,
Rv-Ag qotishmasi misol
bo’ladi.
22
Qotishmalarning
birlamchi
kristallaniehi
o’zgarmas
temperaturada sodir bo’ladigan bo’lsa, bunday qotishma evtetik
qotishma yoki evtetika deyiladi.
Evtetik qotishmalarning suyuqlanishh temperaturasi ularning
tarkibiga kiruvchi komponentlarning suyuqlanishh temperaturasidan
past bo’lib, yuqori suyuqlanuvchanlikka ega.
Qotishmaning bir-biridan chegara sirt
bilan ajralgan bir jinsli
bunday qismga faza deyiladi.
Ikki komponentli mexanikaviy aralashma ikki fazali
qotishmadir.
Murakkab shaklli quymalar ko’pincha evtetik qotishmalardan
olinadi.
Dostları ilə paylaş: