15
Nazorat savollari:
1. Materialshunoslik va KMT fanining asosiy vazifalari va maqsadini
tushuntirib
bering
2. Materialshunoslik va KMT fanining rivojlanish tarixini asoslab
bering
3. Materialshunoslik faninig fanlar aro bog’lanishi deganda nimani
tushunasiz
2-MAVZU: MATERIALLARNING TUZILISHI VA
XOSSALARI
Tayanch so’zlar: metall, qotishma, kristallanish, modda,
molekulyar bog’lanish, ion bog’lanish, atom bog’lanish,kristal
panjara, bog’lovchilar, tugunaklar, grafit, zarrachalar, fazoviy
panjara.
2.1. Metall va qotishmalarning tuzilishi, xossalari
Moddalarning
kristall
panjara
tugunlarida
joylashgan
zarrachalarning xiliga hamda ularni o’zaro bog’lovchi kuchlarga
ko’ra molekulyar, atom, ion va metall bog’lanishlarga ajratiladi.
1. Molekulyar bog’lanish. Bunda kristall panjara tugunlaridagi
molekulyar kuchlar hisobiga bog’lanadi.
2. Atom bog’lanish: Bunda kristall
panjara tugunlarida
joylashgan atomlar o’zaro tortishish kuchlari hisobiga bog’lanadi.
3. Ion bog’lanish. Bunda kristall panjara tugunlarida
musbat va manfiy zaryadli ionlar ketma-ket tartibda joylashib, o’zaro
elektrostatik tortishi kuchlari hisobiga bog’lanadi.
4. Metall bog’lanish: Bunda kristall panjara tugunlarida
metall atomlarining musbat ionlari joylashib,
ular orasida esa
elektronlar erkin harakat qilib o’zaro bog’lanadi.
Shunday moddalar borki, ularning zarrachalari bir yo’nalishda
atom (kovb alent) bog’lanishli ikkinchi yo’nalishda esa metall
bog’lanishli bo’ladi.
Masalan grafitda uglerod atomlari shunday bog’lanishga ega.
Bunday moddalarga oraliq bog’lanishli moddalar deyiladi.
Qattiq
materiallarning hammasi ham kristall holatda bo’lavyormaydi masalan
shisha, chinni va boshqalar). Ularning siniq yuzalari silliq bo’ladi.
Ularning ichki tuzilishini o’rganish shuni ko’rsatadiki, zarrachalari
16
fazoviy panjarada kristall jismlar kabi ma’lumi tartibda emas, balki
tartibsiz joylashgan bo’ladi.
Atomlari fazoviy panjarada tartibsiz joylashgan jismlar amorf
jismlar deyiladi. Amorf jismlarning suyuqlanish
temperaturasi aniq
emas, qizdirilganda avvaliga yumshab keyin suyuqlanadi.
Dostları ilə paylaş: