Materialshunoslik


Materialshunoslik va KMT fanining rivojlanishi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/130
tarix13.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#143096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
Jo\'rayev

1.3. Materialshunoslik va KMT fanining rivojlanishi 
Taraqiyyotning dastlabki tosh, bronza va nihoyat temir 
davrlarida har bir davrning o’ziga yarasha materiallari paydo bo’lib, 
davr mezonini belgilagan. Insonlar dastavval tosh va suyak 
materiallarini makon va qurol uchun ishlatganlar. Toshni qayta ishlab 
qurol yasaganlar. Bu qurollardan ov hamda yorni qayta ishlaydigan 
qurollar sifatida foydalanganlar.
 
Asta-sekinlik bilan yog’ochni, terini va qum-tuproqni (loyni) 
qayta ishlash sopol sanoati yaratila bordi. Sopol sanoatining 
taraqqiyoti borgan sari kasb buyumlarni ishlab chiqarishga imkon 
yaratadi. Bronza davriga kelib, tosh qurollarining ahamiyati yo’qola 
boshladi va metallurgiya sanoati vujudga kela boshladi. 
Metall qotishmalarning tarkibini o’zgartirish orqali uning 
xossalarini boshqarish mumkinligi ma’lum bo’ldi va bu jarayon 
amaliyotda qo’llanila bordi. Temir davriga kelib, mavjud bo’lgan 
ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotga to’sqinlik qilib qoldi. Osiyoda, 
O’rta yor dengizi atrofida Xitoy territoriyalarida ilk bor metallarni 
qayta ishlaydigan korxonalar vujudga keldi. 
Shunday qilib, temir yoritib tozalashda puflash uchun havodan 
foydalanish esa suyuqlantirilgan metallar temperaturasini osish 
imkonini beradi. Natijada metall qo’shimchalardan to’la tozalanib
uning sifati yaxshixilanadi, metall ishlab chiqarishda pista ko’mir 
o’rniga kokslanadigan ko’mirdan foydalaniladi. Bu esa - davr talabi 
ishlab chiqarishni keskin oshirishi natijasida vujudga keldi. Koklash 
texnologiyasining 
kashf 
etilishi 
metallurgiya 
sanoatini 
tez 
rivojlantirdi.
Po’lat olishning yangi-yangi usullari kashf etildi. Angliyada 
avval G.Bessemer (1856), so’ngra S.Tomas (1878), Frantsiyada esa 
P.Marten (1864) kabi ixtirocxilar po’lat olishning yangi usullarini 
yaratishdi.
XVIII asr oxiri XIX asr boshlariga kelib mashinasozlik juda 
taraqqiy etib ketdi. Bu esa metallarni ko’plab ishlab chiqarishni talab 
qilardi. Materiallarni ishlab chiqarish darajasini oshirish, bu sohadagi 
oldingi yutuqlarni umumiylashtirish hamda bu soha uchun yangi ilmiy 
asoslar 
yaratishni 
talab 
qildi. 
Natijada 
XIX 
asrga 
kelib 
"Materialshunoslik va KMT" fani mashinasozlikda maxsus fanga 
aylandi.


11 
Ayniqsa materialshunoslik va KMT fanining yaratilshi va 
taraqqiy etishida quyidagi olimlarning hissalari g’oyat kattadir.
M.V.Lomonosov materiallarga xos bo’lgan yaltiroqlik va 
plastiklik xossalarini tasvirlab beradi va talabdagi zarur xossali 
qotishmalar hosil qilish yo’llarini topdi. D.I.Myondeleev metallardan 
qotishmalar hosil qilish yo’llarini yaratdi. P.P.Anosov 1831 
yilda metallar strukturasini o’rganish uchun mikroskopdan birinchi 
bo’lib foydalandi va uni amalda tadbiq etdi. U uglerodi kam bo’lgan 
gaz muhitida uglerodga to’yintirish yoki semyontitlash metodini kashf 
etdi. Olimning yuqori sifatli po’latlar hosil qilishdagi buyo’q
xizmatlari katta va muhim ahamiyatga ega bo’ldi. P.P.Anosovning
iste’dodli shogirdlari: D.K.Chernov, A.R.Lavrov, N.V.Kalakutskiy
va boshqalar muvaffaqiyatli davom ettirdilar. D.K.Chernov fazalar
o’zgarishi haqidagi nazariyasini yaratdi. Shuningdek po’latlarning
xossalari faqat uning kimyoviy tarkibigagina emas, balki ularning 
tuzilishiga ham bog’liqligini amalda isbotladi. D.K.Chernov kritik 
vaziyatning po’lat tarkibidagi uglerod miqdoriga bog’liqligini aniqladi 
va temir-uglerod qotishmalari holat diagrammasini tuzish asosini 
yaratib beradi. Bu fanning rivojlanishiga nemis olimi A.Ledebur 
metallar strukturasi tushunchasi, ingliz fiziklari F.Laves hamda 
V.YUm-Rozyorining yangi tipdagi fazalarni kashf etilishi ham ta’sir 
qildi.
A.A.Bochvar ishqalanishga chidamli (antifriktsion) yangi 
qotishmalar tayyorlab, ularga nisbatan qo’yiladigan zarur va asosiy 
talablarni belgilab beradi.
Po’latlarni payvandlash mumkin ekanligini N.N.Bernardos va 
N.G.Slavyanov ilmiy asosda isbotlab beradi. Ikki elektrod o’rtasida 
yoy hosil qilish kashfiyoti endilikda odamlar manfaati uchun ishlatila 
boshlandi.
A.M.Butlyorov 1881 yilda olamshunimul kashfiyotni amalga
oshirdi. Jismlarning kimyoviy tuzilish nazariyasini kashf etdi.
Buterovning bu nazariyasi asosida quyi molekulali organik kimyoviy 
moddalardan polimerlar olish mumkinligi isbotladi.
Asrimizning 40 yillariga kelib, ilmiy texnika juda rivojlanib 
ketdi Materialshunoslik va KMT fani katta yutuqlarga erishdi. Bu 
davrda bir qator materiallar kashf etildi. Yuqori o’tkazuvchanlikka ega
bo’lgan yangi materiallar, yarim o’tkazgichlar, sun’iy olmos hamda 
uglerod asosida boshqa materiallar kashf qilindi. 


12 
Shu yillarda bizning mamlakatimizda suyuq metallni
to’xtovsiz quyish texnologiyasi, po’lat ishlab chiqarishning kislorodli 
konvertor usuli amalga qo’llanila boshlandi. Materiallar 
mustahkamligini oshirishning yangi usullari kashf qilindi. Termik 
ishlov ta’sirida plastik deformatsiyalanish, ya’ni termik mexanik 
ishlov usuli, korroziyabardoshh, olovbardosh hamda maxsus 
xossalariga ega bo’lgan qotishmalar kashf etildi. P.A.Rebindr 
tomonidan kashf qilingan, yuza aktivligini oshiruvchi moddalarning 
qattiq yuza molekulyar ta’sir etish mexanizmi esa yangi intensiv
texnologiyalarni yaratishga asos soldi. 
Hozirgi ilmiy texnika taraqqiyoti puxta va yengil materiallarni 
ishlab chiqarishni taqozo etadi. Materialshunoslik va KMT fani 
oldiga yangi vazifalar turli komponentlardan iborat bo’lgan 
kompozitsion materiallarni ishlab chiqarishning ilmiy asoslarini 
yaratishdan iborat. Chunki mashina mexanizmlarining yangi 
konstruksiyalari oldiga ularda qo’llanilgan materiallarning 
solishtirma o’girligini kamaytirish, tezlikni oshirish, ishlab chiqarish 
jarayonining eqolog’ik tozaligini ta’minlash, konstruksiyaning ishlash 
muddatini oshirish kabi talablar qo’yilmoqda. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin